O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Pirimqul Qodirovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asari qaysi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   187
411. Pirimqul Qodirovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asari qaysi? 
Pirimqul Qodirov 50-yillarning o’rtalaridan boshlangan yangi davr voqealari 
voyaga yetkazgan adabiy avlodga mansub. Uning ilk ijodiy mashqlari matbuotda 
40-yillarning oxirlaridayoq ko’ringan, 1950-yilda “Studentlar” degan hikoyasi 
alohida kitobcha bo’lib chop etilgan bo’lsa ham , 1957-yili yozib tugatilgan “Uch 
ildiz” romani Pirimqul Qodirovni yozuvchi sifatida elga tanitdi. O’sha yilning kech 
kuzida roman keng muhokamadan o’tdi. Muhokamada ustoz adib Abdulla Qahhor 
shunday deydi: “Ancha vaqtdan beri men o’zbek adabiyotida momaqaldiroq 
guldurosini eshitmay yurgandim. Nazarimda, mana shu asar adabiyotimizga 
momaqaldiroqday gulduros solib, chaqmoqday yaltillab kirib kelyapti” . Bu asar 
haqida Izzat Sulton, Muxtor Avezov, Rasul Hodizoda kabi ulkan adabitotshunos va 
yozuvchilar ko’p iliq gaplarni aytishgan.
 
 
412. Qaysi ijodkor 26 yoshida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan? 
Pirimqul Qodirov 1951-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O’zMU) 
sharqshunoslik fakultetini tugatadi. 1951-53-yillarda Moskvada Gorkiy nomidagi 
Jahon adabiyoti institutida aspiranturada o’qiydi. 1954-yilda “Abdulla Qahhorning 
urushdan so’nggi ijodi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 
413. Yozuvchining adabiyotshunoslikka oid faoliyati haqida nimalar bilasiz? 
Pirimqul Qodirov badiiy ijodni, tarjimonlikni ilmiy-tadqiqot ishlari bilan 
qo’shib olib bordi. Filologiya fanlari nomzodi, ilmiy xodim sifatida uzoq yillar 
O’zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ishladi.”O’zbek 
adabiyoti tarixi”, “O’zbek adabiy tanqidi tarixi”ni yaratishda qatnashdi. Pirimqul 
Qodirovning ilmiy, adabiy-tanqidiy faoliyati doirasi keng, lekin u ko’proq badiiy 
asar tili, yozuvchi mahorati muammolarini o’rgandi. Olim “O’ylar”(1971), ”Dil va 
til” (1972), ”Xalq tili va realistik proza” (1973) kabi risolalar yozib, so’z 
san’atining til va badiiy mahoratga doir muhim muammolarini yoritishga munosib 
ulush qo’shgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin