O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Adib Odil Yoqubovning “Diyonat” romanidagi halol, pok, insofli va



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   187
399. Adib Odil Yoqubovning “Diyonat” romanidagi halol, pok, insofli va 
diyonatli inson kim? 
O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Diyonat” romanidagi halol, 
pok, insofli va diyonatli inson domla Normurod Shomurodovdir. Romanda 
tasvirlanishicha, o’z umrini ilm-fanga bag’ishlagan ulkan olim Normurod 
Shomurodov uzoq yillar oily o’quv yurtida mehnat qiladi. U o’zining adolatli, 
halol, to’g’ri so’zligi bilan ko’pchilikning hurmatiga sazovor bo’ladi. Keksayib, 
nafaqaga chiqqanda, yolg’iz o’g’li va ayolidan ajralgan professor tug’ilgan 
qishlog’iga ko’chib keladi.Lekin u yerdagi adolatsizliklarni, xususan, jiyani rais 
Otaqo’zi Umarovning xatti-harakatlarini ko’rib, qattiq ranjiydi hamda iztirob 
chekadi. Shu bilan birga, Otaqo’zini insofga, adolatga chaqirib, uning fe’l-
atrofidagi qusur’larni dangal ochib tashlaydi. Bu haqda yozuvchi Odil Yoqubov: 
… men hayotda faqat Otaqo’zi kabi nohalol kimsalarnigina emas, Normurod 
Shomurodovga o’xshagan nihoyatda pok, halol, insofli, diyonatli, yurt koriga 
yaraydigan insonlarni ham ko’p uchratgandim”, – deb alohida ta’kidlagan.
400. Odil Yoqubovning “Diyonat” romanidagi Otaqo’zi kim? 
Rahbar xodim, rais. Unda savod, bilim, did, madaniyat ham yetarli. Fikr, 
manfaat doirasi xiyla keng. Bora-bora turg’unlik muhitida o’jar, mag’rur, 
shafqatsiz, toshbag’ir kimsaga aylanadi. Otaqo’zidagi salbiy xususiyatlar tobora 
kuchayib, tabiatidagi yaxshi fazilatlarni soyada qoldira boshlaydi.Qo’shnisi Nodira 
ga, o’g’li Haydarga, bo’lajak kelini Latofatga, qudasi Fazilatga, halol, adolatparvar 
tog’asi Normurod domlaga qarshi adolatsizlik va shafqatsizliklari, jinoiy ishlarni 
bosdi-bosdi etish yo’lidagi xatti-harakatlari bu odam inqirozidan dalolatdir. 
 
401. Yozuvchi Odil Yoqubovning Otaqo’zi obrazini yaratishdan maqsadi 
nima edi? 
 
Odil Yoqubov bu obraz orqali turmushda “katta ishlar qildim”, degan 
bahonada odamlarning boshiga chiqib olgan, qonunchilikni oyoqosti qilishdan 
toymagan ulkan xo’jalik rahbari obrazini yaratish, uning parvozi va tanazzulini 
ko’rsatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. “Men hayotda ko’p adolatsizliklarga 
sabab bo’lgan bunday rahbarlarhaqidagi o’ylarim va ko’rgan-kechirganlarimni 
romandagi Otaqo’zi obrazida mujassamlashtirishga harakat qildim”,– deb yozadi 
muallif.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin