O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Odil Yoqubovning “Bir koshona sirlari” dramasi qanday mavzuga



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   187
407. Odil Yoqubovning “Bir koshona sirlari” dramasi qanday mavzuga 
bag’ishlangan? 
Odil Yoqubovning “Bir koshona sirlari” dramasi zamonaviy mavzu tasviriga 
bag’ishlangan. Unda inson xarakterining murakkabligi, yangi zamon ta’sirida kishi 
lar turmushida, ong-tushunchasi va dunyoqarashida sodir bo’lgan o’zgarishlar, har 
xil ziddiyatlar ochib berilgan. Asar badiiy mahorat jihatidan ham yuqori saviyada 
yaratilgan. Dramaturg Sarvarning achchiq qismati, ruhiy iztiroblari, Diloraning 
oilaviy hayotga yuzaki qarab adashishi va bundan afsus – nadomatlar girdobiga 
tushib qolishi, Darveshalining rashk olovida azoblanishi, malak siymo go’zal, 
beayb Gulnozaning murakkab ruhiy holatlari tomoshabinda kuchli taassurot 
qoldiradi. 
 
408. ”Ulug’bek xazinasi” romanida qaysi qahramon zahar ichib o’zini 
o’ldiradi? 
 
“Ulug’bek xazinasi” romanida Xurshida bonu, Qalandar Qarnoqiy, Amir 
Jondor kabi badiiy to’qima obrazlar ham berilgan. Shulardan Qalandar 
Qarnoqiyning sevgilisi Xurshida bonu asar so’ngida zahar ichib o’zini o’ldiradi. 
409. Odil Yoqubovning mustaqillik yillari davridagi ijodi haqida nimalar 
bilasiz? 
 
Odil Yoqubov mustaqillik yillarida ham barakali ijod qildi. Yozuvchining 
“Adolat manzili” (1998) romani, “Muzaffar Temur”(1996), “Bir koshona sirlari” 
(2000) singari pyesalari, yuzlab publitsistik maqolalari hamda o’nlab hikoyalarida 
xalqimiz o’tmishi va bugungi dolzarb muammolari badiiy tadqiq etildi.
O’zbekiston xalq yozuvchisi (1985) Odil Yoqubov 1994-yilda “Do’stlik”, 
1998-yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan. 
Odil Yoqubov 2009-yilda 83 yoshida vafot etgan. 
Mavzu: PIRIMQUL QODIROV 
 
410Pirimqul Qodirovning yangi o’zbek adabiyotida tutgan o’rni haqida 
nimalar bilasiz? 


XX asrning ikkinchi yarmidagi o’zbek adabiyoti taraqqiyotini O’zbekiston xalq 
yozuvchisi Pirimqul Qodirovsiz tasavvur etish qiyin. P. Qodirov avvalo mohir 
yozuvchi – zamondoshlari haqidagi “Uch ildiz”, “Qora ko’zlar”, “Olmos kamar”, 
“Erk”, “Meros”, “Jon shirin” kabi asarlari, ko’plab publitsistik maqolalari, tarixiy 
mavzudagi “Yulduzli tunlar” (“Bobur”),“Avlodlar dovoni” (“Humoyun va Akbar”) 
romanlari bilan xalqimiz hurmat-e’tiborini qozondi. Adib L. Tolstoy, A. Chexov, 
K. Fedin, X. Deryayev, Tollis ijodidan tarjimalar qildi. Adabiyotshunos olim 
sifatida ilmiy tadqiqotlar – “Dil va til”, “Xalq tili va realistik proza” nomdagi 
risolalarni yaratdi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin