O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


“Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”, “Ona lochin vidosi” asarlaridan



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   187
428. “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”, “Ona lochin vidosi” asarlaridan 
qaysi biri tarixiy-biografik roman? 
“ Yulduzli tunlar” romani tarixiy-biografik roman hisoblanadi. Unda 
ulug’o’zbek shoiri, adibi va mashhur podshoh Zahiriddin Muhammad Boburning 
ziddiyatli hayoti, dolg’ali faoliyati, hayotdan o’z shaxsiyatiga munosib o’rin topish 
yo’lida chekkan aziyatlari, hayot-mamot kurashlarida ko’rsatgan shaxsiy 
qahramonliklari tasvirlangan. 
429. “Yulduzli tunlar” romani sujeti qaysi voqealarni qamrab oladi ?


Roman sujeti Boburning Andijondagi yoshlik chog’larini tasvirlashdan 
boshlanib, uning Shayboniyxonga qarshi kurashda goh yengib, goh yengilib, 
nihoyat Afg’oniston va Hindistondagi tarqoq xonliklar ustidan g’alaba qozonishi, 
” Boburiylar sulolasi”
62
deb nom olgan yirik feodal davlatni tuzishi, nihoyat,
1530-yilda Agra shahridagi o’zi tashkil etgan bog”da vafot etishi kabi voqealar 
silsilasini o’z ichiga oladi. 
430. Romanda Boburning jahoniy shuhrati va hind xalqining unga bo’lgan 
muhabbati qanday aks ettirilgan? 
P. Qodirov romanda Bobur obrazini yaratar ekan, bu benazir insonning 
jahoniy shuhrati va buyuk ahamiyatini, hind xalqining unga bo’lgan cheksiz mehr-
muhabbatini chuqur idrok etgan. Hind xalqining buyuk yo’lboshchisi Javoharlal 
Neru Bobur shaxsiga va faoliyatiga yuqori baho berib:” Bobur dilbar shaxs, 
uyg’onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor shaxs bo’lgan. U san’atni, 
adabiyotni sevgan, hayot nafosatidan lazzatlana bilgan. Uning nabirasi Akbar 
yana ham dilbarroq va ko’p yaxshi fazilatlarga ega bo’lgan… Boburning 
Hindistonga kelishi tufayli buyuk o’zgarishlar sodir bo’ldi, san’atda, hayotda va 
madaniyatda yangicha taraqqiyot yuz berdi
63
,- deb yozgan edi. “Yulduzli tunlar” 
romani J. Neru so’zlarining naqadar to’g’ri va asosli ekaniga jonli dalildir. 
Romanda hayot haqiqati, Bobur yashagan g’oyat murakkab davrning asosiy 
xususiyatlari, ayniqsa, Bobur obrazi butun borlig’icha yaqqol ko’rsatilgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin