Erkin Vohidov singari ijodkorlarsiz tasavvur eta olmaganimizdek, ma’naviy
kelajagimizni, farovon va buyuk istiqbolimizni Abdulla Oripov ijodisiz ko’z
oldimizga keltira olmaymiz. Hozirgi davrda uning she’rlari xalqimizni adolat
tantanasi, yorug’ kelajakka ishonch ruhida tarbiyalaydigan yuksak ma’naviy omil
bo’lib xizmat qilmoqda”
64
, - degan edi.
455. Abdulla Oripov ijodi haqida adabiy tanqidchilik va adabiyotshunoslik
qanday fikrlar bildirgan?
Xalqimizning sevimli shoiri A. Oripov ijodiga Izzat Sulton, M. Qo’shjonov,
O. Sharafiddinov, L.Qayumov, S. Mamajonov, U. Normatov, A. Rasulov, B.
Nazarov, O. Abdullayev, I. G’afurov, N. Rahimjonov, N. Xudoyberganov, Suvon
Meli, A. Hamdamov, O. Karimov, G. Ashurova kabi olimlar
haqli ravishda yuqori
baho berganlar. ”Onajonim she’riyat” va “Abdulla Oripov she’riyatining asosiy
xususiyatlari” (M. Qo’shjonov), “She’riyat-qalb yolqini” (O. Sharafiddinov),
“Abdulla Oripov she’riyatining asosiy xususiyatlari” (M. Qo’shjonov, Suvon
Meli), “She’riyat-kurashchanlik demak” (I. G’afurov), “Dovonlardan dovonlarga”
(N. Xudoyberganov), “She’riyat-shoir yuragi” (R. Vohidov, M. Hoshimova),
“Abdulla Oripov she’riyatida metaforik obrazlar”(O. Karimov) va boshqalar risola,
ilmiy ocherk va xilma-xil maqola-yu taqrizlar ham fikrimiz dalilidir.
Dostları ilə paylaş: