O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   187
qanday nomlangan? 
 
Ilk bor respublika matbuotida “Qushcha”nomli she’ri 1958-yilda e’lon 
qilingan. Bundan avval shoirning she’riy mashqlari tuman va viloyat gazetalarida 
bosilib chiqqan. She’r 8 misradan iborat bo’lgan: 
Goh butoqqa, goh gulga qo’nar, 
 
 
 
Tinim bilmas sayroqi qushcha. 
 
 
 
Nechun bahor seni rom etgan, 
 
 
 
Qayda eding bahor kelguncha? 
 


 
 
 
Kel, yashaylik hamisha birga, 
 
 
 
Bizda bahor, gullar barchasi. 
 
 
 
Bilsang men ham chaman o’lkamning 
 
 
 
Sho’x va quvnoq, shod o’g’ilchasi
65

 
 
462. Abdulla Oripovning dastlabki to’plami haqida nimalar bilasiz? 
 
Abdulla Oripov shoir sifatida asardan asarga o’sib, tezda ijodiy kamolotga 
erishdi. Natijada she’riyatimiz xazinasiga yil sayin tobora ko’proq va qimmatliroq 
hissa qo’shib bordi. Shoirning “Mitti yulduz”(1965), “Ko’zlarim yo’lingda”(1966), 
“Onajon”(1969), “Chashma”, “Ruhim”(1971), “O’zbekiston” (1972) to’plamlari 
e’lon qilinganda 30 yoshda bo’lgan. Bu to’plamlardan joy olgan she’rlarda ayrim 
kamchiliklar bo’lgani tabiiy, lekin ular shoirni keng kitobxon ommasiga tanitdi. 
463. Nima uchun shoirning ko’p asarlarida mungli nido, ma’yuslik kuchli? 
 
Abdulla Oripovning qator she’rlarida va “Jannatga yo’l” dostonida mungli 
nido, ma’yuslik mavjud. Bular shoirning turg’unlik davridagi adolatsizlik va ko’z-
bo’yamachilikka bo’lgan keskin e’tirozining in’ikosidir. Akademik Matyoqub 
Qo’shjonov haqli ravishda qayd etganidek: “Vaqtlar o’tdi. Qayta qurish ishlari 
boshlandi. Bir vaqtlar shoirning mungli bo’lib ko’ringan she’rlari mavjud hayot-
ning aks sadosi ekani, shoir qalamga olgan manfur hodisalar o’sha davrga xos 
haqiqatning o’zi ekani ma’lum bo’ldi. Uning haqiqatgo’y, hozirjavob shoir 
ekaniga hamma tan berdi
66


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin