466. Mustaqillik va shoir ijodidagi o’ziga xoslik haqida nimalar deya olasiz? O’zbekiston mustaqilligi munosabati bilan Abdulla Oripov ijodida ona-yurt
va Vatan mavzuining yangicha talqinlari maydonga keldi.“Adolat oftobi”, “Uyg’o-
nish zamoni”, “Erk haqqi”, “Oq kabutar” she’rlari ana shundaydir. Ayni vaqtda, u
buyuk Amir Temurning tarixiy qudrati mehr bilan haqqoniy yoritilgan bir qancha
she’rlar yaratdi. Bular uzoq yillar orzu qilingan adabiyotimizda Temur obrazini
Vatan o’tmishi, buguni va istiqboli bilan bog’lab emin-erkinlikda yaratilgan dast-
labki asarlar bo’ldi.
“Adolat oftobi”da shoir yurtni, elni Mustaqillik bilan muborakbod etadi,
adolat oftobi porlaganini kuylaydi. Bu she’r O’zbekiston mustaqil respublika deb
e’lon qilingan kunda yozilgan va shu kuniyoq Oliy Kengash minbaridan o’qib
berilgan.She’r faqat quvonch va shodliklardan osmonga mushak otish, Vatanimizni
shon-sharaflarga burkash ruhida yozilmagan. Shoir bu mustaqillik osonlik bilan
qo’lga kiritilmaganini e’tirof etadi, uni saqlab qolish, mustahkamlash muhimligiga
e’tiborni qaratadi. Oldinda hali kurashlar borligini ta’kidlab, bu yo’lda hushyor
turishga chorlaydi:
Unutmagin va lekin, oldda bor hali yotlar, Qadamingni poylaydi ochko’z, yuho ne zotlar, Shoh suribsan,injimag’ingshisa agar motlar, Yelkamizga oftobning tekkanligi rost bo’lsin, O’zbekning o’z niholin ekkanligi rost bo’lsin. “Erk haqqi” she’rida “Adolat oftobi”dagi fikr davom ettiriladi. Bu she’rda
shoir o’zbek xalqi hech qachon va hech kimga badniyatlik bilan munosabatda
bo’lmagani va bo’lmasligini, bu mustaqillik millionlab dildagi haq-huquqning
qonuniy natijalari ekanini kuylaydi. Lekin bu hali barcha narsa hal bo’ldi, degani
emas. Ertani shum qutqulardan batamom xoli deb bo’lmaydi. Shundan ogoh
bo’lmog’i zarur.
Shoirning bu kabi qator she’rlarida mustaqillikni qutlash va ulug’lash, uni
ko’z qorachig’iday asrash va mustahkamlashga chaqiriq bilan chambarchas holda
aks ettirilgan.