O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Oripov ijodi evolyutsiyasidagi ziddiyatlar haqida nimalar



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   187
464. Abdulla Oripov ijodi evolyutsiyasidagi ziddiyatlar haqida nimalar 
bilasiz? 
Abdulla Oripov ijodi faqat muvaffaqiyatlardan tashkil topgan emas, albatta. 
Shoir kitoblarida ijodiy evolyutsiya ziddiyatlari sifatida baholanuvchi talay she’rlar 
borki, ular davr sinovidan o’tolmadi. Chunki,Abdulla Oripov yangi bosqich o’zbek 
she’riyatida nechog’li haqgo’y,dildagi dardinigina yozadigan,iymoni Vatan va xalq 
qayg’usiga esh shoir ekanidan qat’i nazar, har bir inson kabi u ham davr, siyosat, 
mafkuraning qonuniy tazyiqi va ta’siri ostida bo’ldi.
Shundan kelib chiqib,uning ijodidagi ayrim kamchiliklarga quyidagicha 
qarash o’rinli bo’ladi. Birichisi, har qaysi san’atkor ijodi faqat muvaffaqiyatlardan 
tashkil topmaganidek, ijodiy jarayon goh ko’tarilish,goh pasayishdan iborat bo’lga-
nidek,Abdulla Oripovda ham tabiiy ijodiy jarayon mahsulisifatidagi ba’zi bir bo’sh 
va kuchsiz asarlar mavjud. Ikkinchisi, shoir umumiy oqimga qo’shilib talaygina 
zamonasoz va bag’ishlov she’rlar yozdi. Bunday she’rlar majburiylik, buyurtmani 
bajarish, mafkuraga mute’lik bois paydo bo’ldi, shuning uchun ham ular badiiy 
quvvati zaif, zamonasoz asarlar sifatida qolib ketdi. 
465. Abdulla Oripov she’rlarining mavzu ko’lami haqida nimalar deya olasiz? 
65
Oрипoв Aбдуллa. Taнлангaн aсaрлaр. 4 жилдлик. –T.: Aдaбиёт вa сaнъaт нaшр., 2000. 1-жилд, 14-бeт 
66
Қўшжoнoв M. Бeнaзир истеъдод. – “Сoвeт Ўзбeкистoни”( ҳoзирги “Ўзбeкистoн oвoзи”) гaзeтaси, 1991 
йил, 29 март.


Abdulla Oripov she’riyati haqqoniy bo’lganidek, mavzu doirasi keng, 
mazmuni esa boy va teran. Shoir she’riyatida ona Vatan – O’zbekiston mavzusi 
o’zining butun salobati va borlig’i bilan gavdalanadi. Vatanga va xalqqa muhabbat 
tuyg’usi shoir ijodining asosini tashkil etadi. Abdulla Oripov Vatan tuyg’usining
eng muqaddas va eng bebaho qadriyat ekanini rang-barang shakllarda yurakdan 
kuylaydi. Shoir “Ishonch ko’priklari” kitobida Vatan va ona haqida teran badiiy 
umumlashma yaratgan. Har bir insonning dunyoda onasi bitta bo’lganidek, Vatani 
ham bittadir, degan fikrni samimiyat bilan ifodalagan: 
Bisyor bo’lsa agar bol ham beqadr, 
 
 
 
Takror aytilganda rangsizdir kalom. 
 
 
 
Bu yorug’ olamda Vatan bittadir, 
 
 
 
Bittadir dunyoda ona degan nom.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin