Mavzu: O’tkir HOSHIMOV 470. O’tkir Hoshimov adabiyotga qachondan kirib keldi? O’zbekiston xalq yozuvchisi, Respublika Davlat mukofotining sohibi O’tkir
Hoshimov XX asrning 60-yillari adabiyotga kirib kelgan avlod vakilidir. Adib
ko’plab hikoyalar, qissalar, romanlar va dramalar yaratdi. Yozuvchi o’ziga xos,
betakror publitsist sifatida ham tanilgan. Hayotimizning dolzarb masalalariga
bag’ishlangan, hamisha yurak qa’ridan qaynab chiqqan, kitobxonni o’ylashga
undaydigan maqolalari ijtimoiy-madaniy hayotimizda sezilarli voqea bo’ldi va
ma’naviyatimizni boyitdi.
O’tkir Hoshimov 1941-yil 5-avgustda Toshkentning Do’mbirobod mahallasida
tug’ilgan. Uning otasi Toshkent to’qimachilik kombinatida oddiy ishchi bo’lgan.
5-sinfda o’qib yurgan kezlarida adabiyotga qiziqa boshlaydi, she’rlar va hikoyalar
yoza boshlaydi. 1962-yilda yozuvchining ilk kitobi – “Po’lat chavandoz” bosilib
chiqadi. Bunda u talaba edi.1963-yili “Sharq yulduzi” jurnalida ijodkorning “Cho’l
havosi” degan jajjigina qissasi bosilib chiqadi va kitobxonlar orasida mashhur
bo’lib ketadi.
471. O’tkir Hoshimov nomini mashhur qilgan asari qaysi? Yozuvchi nomini mashhur qilgan asari “Cho’l havosi” qissasi bo’ldi. Qissa
tanqidchilar e’tiborini ham, tajribali yozuvchilar diqqatini ham jalb etdi. Atoqli
yozuvchi Abdulla Qahhor yosh muallifga shunday maktub yo’llagan: “O’tkir!
“Cho’l havosi”ni o’qib suyunib ketdim. Birdan lov etib alanga bilan boshlangan
ijodning kelajagi porloq bo’ladi, qissa juda sof, samimiy, iliq, tabiiy, rohat bilan
o’qiladi. Qissaning xat shaklida bo’lishi ko’p joylarda ritmni buzadi, sizni cheklab
qo’yadi. Hikoya birinchi shaxsdan olib borilsa ham shunday bo’lar edi. Buni
o’ylang, hisobga oling. Shu alanga hech qachon pasaymasin, ijodingiz hech qachon
tutamasin! Hurmat bilan Abdulla Qahhor”
67
.