O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


bolaning onaga bee’tibor ekanligi tasvirlangan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   187
bolaning onaga bee’tibor ekanligi tasvirlangan? 
Qissadagi “Surat” hikoyasida oddiy hayotiy voqelik, bolaning o’z onasiga 
bee’tiborligi tasvirlangan: 
“Suratga tushaylik, dedi to’satdan. Ajablandim.- Qo’ysangiz-chi oyi. Shunday 
dedim-da, chiqdim-ketdim. Oradan ikki hafta o’tdi-yu...”
68
. Qisqagina dialogda 
onaning birgina kichik istagi bayonida uning butun hayoti, orzulari aks etgan. Bu 
holat farzand uchun bir umrlik armon bo’lib qoldi. 
475. O’tkir Hoshimovning qaysi qissasi o’z vaqtida katta shuhrat qozondi? 
O’tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” qissasi o’z vaqtida katta shuhrat 
qozondi, asar asosida yaratilgan videofilm ham tezda tilga tushdi. Bu qissa bir 
qarashda jo’n ko’rinadigan, turmushda tez-tez uchrab turadigan voqea asosiga 
qurilgan bo’lsa-da, juda muhim masalaga- har qanday inson hayotida uning 
taqdirini belgilovchi ahamiyat kasb etishi mumkin bo’lgan muammoga 
bag’ishlangan. 
476. O’tkir Hoshimovning romannavislik faoliyati haqida nimalar bilasiz? 
 
O’tkir Hoshimovning romannavislik faoliyati ham ibratlidir. Adibning “Nur 
borki, soya bor”(1979), “Ikki eshik orasi”(1986), Tushda kechgan umrlar (1992) 
kabi yirik asarlarni yaratib, romanchiligimiz rivojiga munosib hissa qo’shdi. Adib 
o’z romanlarida hayotdagi nurli tomonlarni aks ettirish bilan birga, soyalar (salbiy 
hodisa va nusxalar)ni ham ustalik bilan ko’rsatib bergan. Bu romanlar mavzuning 
yangiligi, hayotiy voqea-hodisalarning yangicha talqini, xarakterlarning jonli va 
yorqinligi, sujetning qiziqarliligi, uslubning ravonligi bilan kitobxonlarga yoqdi. 
Shunisi ibratliki, O’tkir Hoshimov o’z romanlarida sotsrealizm talablariga 
zid holda hayotni hech qanday pardozsiz tasvirlash yo’lidan borib,jiddiy yutuqlarni 
qo’lga kiritganligi bilan ahamiyatlidir. 
477. O’tkir Hoshimovning nasrdagi birinchi katta asari qanday nomlangan? 
68
 Ўткир Ҳoшимoв. Сaйлaнмa. T., 1993.27-бeт (Keйинги мисоллар ҳaм шу мaнбадан олиниб, сaҳифаси қавс 
ичида кўрсатилади). 


O’tkir Hoshimov qissa va hikoyalar yozib, qalamini ancha qayrab olgach, yirik 
epik janr – roman janriga murojaat qildi. 1977-v yili yozuvchining birinchi romani 
– “Nur borki, soya bor” bosilib chiqdi. Ammo yosh yozuvchini romanga murojaat 
etishga undagan sabab – bu janrda kuchini sinab ko’rish ishtiyoqigina emas edi. 
Buning ancha chuqur ijtimoiy ildizlari bor edi – hayotning o’zida o’sha kezlarda 
shunday romanlarga ehtiyoj katta edi. 70-yillarning boshlaridayoq turg’unlik 
davrining illatlari ko’rina boshladi, ijtimoiy illatlar tobora chuqurlashib bordi. 
Bu davrda jamiyatda poraxo’rlik avj oldi, odamkar o’z ishini bajarish o’rniga 
tamagirlik yo’liga o’ta boshladilar, savdo-sotiq xalqqa emas, ayrim shaxslarning 
boyishiga xizmat qila boshladi, paxta yakkahokimligining dahshati ro’yi-rost 
namoyon bo’la boshladi, qishloq aholisining moddiy turmushi yomonlashdi. Har 
xil zaharli moddalarni me’yorsiz ishlatish oqibatida ekologiya fojiali ahvolga 
tushdi, maktab o’quvchilari va ayollar oyoqosti qilindi, yolg’onchilik, hamma 
narsani pardozlab ko’rsatish rasm bo’ldi, buning oqibatida iymon susaydi, 
diyonatga putur yetdi, e’tiqod zaiflashdi. Jamiyatda ma’naviy chirish belgilari 
yaqqol ko’rina boshladi. Vijdonli yozuvchi har xil taqiqlar va to’siqlarga qaramay, 
xalq dilidagi dardlarni aytishga imkoniyat topdi va maqsadiga erishdi ham. To’g’ri, 
romanda ayrim kamchiliklar ham bor, lekin asar muvaffaqiyatli chiqdi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin