O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Tog’ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko’rsatgan dastlabki yirik



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187
497. Tog’ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko’rsatgan dastlabki yirik 
asari qanday nomlangan? 
Tog’ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko’rsatgan dastlabki yirik asari 
“Yulduzlar mangu yonadi” bo’lib, qissa 1976-yilda yozilgan. Mazkur qissada 
yozuvchining qon-qoniga singib ketgan, ming yillar mobaynida unutilmay, elda 
69
“Sa’j” arabcha bo’lib, nasrdagi qofiya demakdir. 
70
Бу ҳақда ёзувчининг “Oт кишнaгaн oқшом”.Қиссалар. –T.: 1994, “Oтaмдaн қолган далалар. Рoман. –T.: 
1994,
Бу дунёда ўлиб бўлмайди. Роман. –T.: “Шaрқ”, 2001 каби китобларига қаранг.


ardoqlanib kelayotgan tarixiy qadriyat – kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi 
muomala-munosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olingan. 
498. Adib Tog’ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasi qachon va 
qanday mavzuda yozilgan? 
Tog’ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” qissasi 1979-yilda yozildi va shu 
yili “Yoshlik” jurnalida chop etildi. Asar xalqimiz orasida juda tez dovruq qozondi. 
Chunki bu asarda o’sha davr adabiyotida kamdan-kam tilga olinadigan ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar, butun dunyoga ibrat qilib ko’rsatiladigan “sovet kishisi” 
tabiatiga xos bo’lgan turfa illatlar badiiy jihatdan ta’sirchan va ishonarli tarzda 
ochib berilgan. Asardagi qishloq mehnatkashlarining og’ir qismati, katta-kichik 
rahbarlarning ularga bepisand munosabati, odamlardagi pokiza his-tuyg’ularning 
toptalishi, kuppa-kunduz kunda bo’layotgan adolatsizliklar tasvir va talqini 
haqiqatga tashna o’quvchilarning qizg’in e’tirofiga sababchi bo’ldi. Mazkur qissa 
sho’ro davri adabiyotidagi ko’plab boshqa asarlardan oxiri “umidbaxsh sadolar 
bilan” tugamasligi jihatidan ham ajralib turardi. Uning so’ngida odam bolalaridan 
cheksiz adolatsizlik, nomardlik, vahshiylik ko’rgan qissa qahramoni Ziyodulla 
chavandoz o’zining sevimli, vafodor va bir umrga sadoqatli otidan najot tilaydi! 
Aqlli va til-zabonli, kiyim-boshi ozoda va o’zicha madaniyatli kimsalar uni urib 
o’ldirishga chog’langan bo’lsalar, o’sha til-zaboni yo’q, ongsiz hayvon sanalmish 
ot o’z do’stini o’limdan asrab qoladi. Qisqasi, odamni o’zi singari odam zulmidan 
himoya qilish uchun odam topilmaydi, najot faqat hayvonda qoladi!..
71
Qissaning bunday oshkora tanqidiy ruhi, adolatparvarlik pafosi o’z davrining 
ko’plab amaldorlari, mafkurachilari g’ashini keltirgani, natijada yozuvchi shaxsiga 
turli g’iybat gaplar ham tarqatilgani ma’lum. Yozuvchi bularga e’tibor bermadi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin