501. Tog’ay Murodning “Momo yer qo’shig’i” asari qanday mavzuda yozilgan? Tog’ay Murodning keng jamoatchilik e’tiborini qozongan qissalaridan yana
biri “Momo yer qo’shig’i” bo’lib, asar 1985-yilda yozilgan.
“Momo yer qo’shig’i” yozuvchining avvalgi qissalaridan o’ziga xos farq
qiladi. Bu asar ona zamindan uzilib qolgan ijodkor qismatidan bahs qiladi. Biroq
bu qissada ham yozuvchi Tog’ay Murod ijodiga xos tabiiylik, soddalik sun’iylik
balandparvozlikka qarshi qo’yiladi. Adib haqiqatni o’zi uchun ardoqli bo’lgan
oddiy qishloq odamlaridan izlaydi, ularning sodda, samimiy hayot tarzini ko’klarga
ko’taradi, qora mehnat kishilariga hamdardlik tuyg’ulari asarda ko’zga tashlanadi.
502. Tog’ay Murodning qaysi asari yuz yildan ortiq tarixni o’zida ifodalagan? Tog’ay Murod 1993-yilda “Otamdan qolgan dalalar” romanini yozadi. Bu
roman o’zbek xalqining Chor Rossiyasi va sho’ro bosqini ostida o’tgan hayotini –
yuz yildan ortiqroq tarixni o’zida mujassam etgan. Asarda bir oilaning uch avlodi
hayoti misolidabutun millatning taqdiri juda ta’sirchan bo’yoqlarda ifoda etiladi.
Oqposhshoning asl niyatini anglamay, bosqinchilarning uyatli qiliqlaridan orlanib,
tug’ilib o’sgan yerini tashlab ketgan Jamoliddin ketmon – XIX asrning oxiri – XX
asrning boshlaridagi xalq vakili edi. Nima qilib bo’lsa-da, yurt tuprog’ini
bosqinchilardan tozalash niyatida qo’liga qurol olgan Aqrab (Chayon) XX asrning
20-yillarida milliy istiqlol yo’lida kurashgan bobolarimiz timsoli sifatida ko’rinadi.
Ularning avlodi Dehqonqul esa o’sha paytdagi hukmron Moskvaning “paxta mustaqilligini ta’minlash” siyosati qurboni – millionlab huquqsiz kolxozchilarning
umumlashma obrazidir. Tog’ay Murod “Otamdan qolgan dalalar” romani uchun
Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Aynan shu roman
e’lon qilingach, adibga O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berilgan. Bu asar
asosida taniqli kinorejissor Shuhrat Abbosov ikki qismli badiiy film yaratgan.