O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Yozuvchi Tog’ay Murodning romanni yozish oldidagi holati qaytarzda



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187
503. Yozuvchi Tog’ay Murodning romanni yozish oldidagi holati qaytarzda 
bo’lgan? 
Yozuvchi Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida ijtimoiy ruh 
– pafos keng ko’lam kasb etadi. “Endi qonim o’z g’animlarimuchun qaynamadi. 
Yo’q, o’z g’animlarim o’z yo’lida qoldi.
Endi qonim... olamjahon g’animlarim uchun qaynadi. Endi qonim... qudratli 
g’animlarim uchun qaynadi... 
- Men o’zbek xalqiga haykal qo’yaman! 
Men ana shunday shahd bilan olamjahon g’animlarim sari shaylandim” –
yozuvchining romanni yozish oldidagi, jarayonidagi holat-kayfiyati ana shunday 
bo’lgan. 
Roman muallifi boshqa bir o’rinda bu asarni yozishdan ko’zlagan maqsadi 
ustida to’xtalib, yana ham aniqroq qilib: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi – 
Ozod O’zbekiston uchun bitdim... Ko’nglimda el-yurtim yo’lida nimaiki dardim 
bor – barini ushbu romanimda to’kib soldim”, - deydi. Bu lo’nda e’tirofda asarning 
asosiy ruhi-pafosi yorqin ifodalangan. 
504. Yozuvchi Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani va 
uning asosiy g’oyasi nimada? 
Xalqimizning sevimli yozuvchisi Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan 
dalalar” romani Alloh in’om etgan eng ulug’ ne’mat – mustaqilligini, erkini, 
ozodligini boy bergan, bosqinchilar bo’yinturug’ini bo’yniga ilgan el-yurt boshiga 
tushgan balo-ofatlar, mislsiz xo’rliklar, istibdod iskanjasida qolgan xalq chekkan 
zahmatlar tufayli adib dilidagi oh-armon, nola-fig’on, salkam bir yarim asr davom 
etgan imperiya zulmi, zug’umiga qarshi zo’r nafrat – tug’yon kabi yangraydi. 
Roman istiqlol davrining adabiyotimizdagi ilk xayrli yutuqlaridan biridir. 
Imperiya siyosatini, mustabid tuzum mafkurasi mohiyatini bu qadar oshkora, 
keskin fosh etadigan asarning bizda chiqishi avval xom-xayol bo’lgan. Muallif 
roman yozishga 1986-yilda kirishgan, 1991 – istiqlol yilida yozib tugatgan va 
1993-yilda kitob holida bosilib chiqqan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin