O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Erkin Vohidovning qaysi asarida vatangadolik fojiasi ochib berilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   187
452. Erkin Vohidovning qaysi asarida vatangadolik fojiasi ochib berilgan? 
Erkin Vohidov ijodida “Istanbul fojiasi”(1985) she’riy dramasi muhim o’rin 
tutadi. Asarda poklik bilan nopoklik, to’g’rilik bilan egrilik, halollik bilan xarom-
xarishlik, samimiylik bilan soxtalik o’rtasidagi keskin kurash yorqin ifoda etilgan. 
Asar sujeti hayotiy va qiziqarli ziddiyat asosiga qurilgan hamda g’oyat jozibali, 
ta’sirli qilib yaratilgan. “Istanbul fojiasi” dramasida asosan uch obraz: rais Jalol, 
uning xotini Saodat va ukasi Iskandar mavjud. Bu obrazlarning uchovi ham hayot 
haqiqatiga mos ravishda ko’rsatilgan va asar g’oyasi ana shu obrazlarning xatti-
harakatlariga, dialog va monologlariga mohirlik bilan singdirib yuborilgan. 
Dramada vatangadolik fojiasi ham ochib tashlangan. Iskandar chet elda akasi 
Jalolni uchratgach, birinchi navbatda: “Ona yurtdan bir kaft tuproq keltirdingmi?” 
– deb so’raydi. Jalol esa: “U tuproqda bitgan mayiz bor ”, – deya unga mayiz 
beradi. Iskandar: “… qani endi nasib bo’lib bag’ringda o’lsam, bu dunyodan
armonsiz ketardim. Go’yo ona quchog’ida uxlagan boladek, tuprog’ingda 
erkalanib yotgan bo’lardim”, – deya nola qiladi, faryod chekadi. 
Dramaturg Iskandarning achchiq qismatini ko’rsatish bilan ona Vatan tuyg’u 
sining qanchalik muqaddas, qanchalik bebaho ekanini, buni boshqa hech narsaga 
qiyos qilib bo’lmasligini g’oyat ta’sirli ravishda ko’rsatgan, ona-Vatanga mehr-
muhabbat g’oyalarini asar sujetiga ustalik bilan singdirgan. 
453. Erkin Vohidov ijodiga adabiy tanqidchilik munosabati qanday? 
Erkin Vohidov ijodi XX asr va hozirgi o’zbek adabiyotining eng katta va 
qimmatli yutuqlaridan biri sifatida 60-yillardan buyon adabiy tanqidchilik va 
adabiyotshunoslikning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelmoqda. O’zbek adabi-
yotshunosligida, jumladan, O. Sharafiddinov, L.Qayumov, S. Mamajonov, U. Nor-
matov, I. G’afurov, N. Xudoyberganov, B. Nazarov,Y. Solijonov, N. Shukurov, 
H. Boltaboyev va boshqalarning ilmiy asarlarida Erkin Vohidov ijodining asosiy 
xususiyatlari ancha keng tahlil qilingan. Bu muhim ilmiy tadqiqot ishi yanada 
davom ettirilsa, Erkin Vohidovning ko’pqirrali va serjilo ijodi haqida yirik 
monografiyalar ko’p yaratilsa, ayni muddao bo’lar edi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin