O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ”Odil Yoqubov o’zbek prozasini, to’g’rirog’i, romanchilikni bir bosqich



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187
404. ”Odil Yoqubov o’zbek prozasini, to’g’rirog’i, romanchilikni bir bosqich 
yuqoriga ko’tardi…” kabi iliq fikrlar kimga tegishli? 
Yozuvchi Odil Yoqubov romanlari o’zbek nasrining yorqin, serjilo va 
sermazmun sahifalarini tashkil etadi. Akademik Salohiddin Mamajonov qayd 
qilganidek: “Adib prozasini, to’g’rirog’i, romanchilikni bir bosqich yuqoriga 
ko’tardi. “Ulug’bek xazinasi” romani “O’tgan kunlar”, “Navoiy”lardan keyin 
tarixiy romanchiligimizdagi quvonchli hodisadir, u tarixiy-psixologik roman 
sifatida ajralib turadi. ”Ko’hna dunyo” tarixiy-falsafiy roman sifatida, “Diyonat” 
o’zbek adabiyotining yetuk asarlari safidan mustahkam o’rin oldi. “Oqqushlar, 
oppoq qushlar” roma-nida tahliliy, tanqidiy tafakkur kuchli
61

405. Odil Yoqubov Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlab qanday 
asar yozdi?
Nosir va dramaturg Odil Yoqubov “Fotihi muzaffar yoki bir parivash asiri” 
dramasini 1996-yilda yozdi. Asar buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 
660 yilligiga tuhfa bo’ldi. Asarda Temurning ma’naviy fazilatlari, oddiy insonga 
xos tuyg’ulari, ichki kechinmalari, orzu-istaklari, fikr-mulohazalari ustalik bilan 
61
Maмaжoнoв С. Aдибнинг бадиий олами. – “Сoвeт Ўзбeкистoни” газетаси, 1986 йил, 12 – дeкaбр. 


ko’rsatib berilgan. Shuningdek, dramada Bibisardor, Saragul, Aqchagul, Suluvko’z 
singari obrazlar mahorat bilan yaratilgan. 
406. Odil Yoqubovning qanday dramatik asarlarini bilasiz? 
O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning dramaturgiya sohasidagi 
izlanishlari ham tahsinga sazovardir. Ijodkorning “Murakkab saylov” (1955), 
“Chin muhabbat”,”Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim” (1956),”Yurak 
yonmog’i kerak” (1957),”Olma gullaganda”(1960), “Fotihi muzaffar yoki bir 
parivash asiri” (1996), ”Bir koshona sirlari” (2000) kabi dramalari respublikamiz 
teatrlarida muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilgan hamda tomoshabinlarga g’oyat 
manzur bo’lgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin