Yuqoridagi fikrlar xalqimizning sevimli yozuvchisi Odil Yoqubovning
“Diyonat”,”Oqqushlar, oppoq qushlar” va “Adolat manzili” romanlari haqida
aytilgan. Bu uch roman zamonaviy mavzularni yoritishda yozuvchi imkoniyatlarini
tobora ko’payib, mahorati yanada o’sganligidan dalolat beradi.“Diyonat” romanida
O’zbekistonning XX asr 70-yillaridagi hayoti tasvirlangani bizga ma’lum.
“Oq qushlar, oppoq qushlar” romanida 80-yillarning boshlarida mamlakatda
mavjud bo’lgan hayot haqiqati aks ettirilgan bo’lsa, “Adolat manzili” romanida
1984 – 1988-yillarda “paxta ishi”, “o’zbek ishi” bahonasida O’zbekistonda bo’lib
o’tgan fojiali voqealar haqqoniy tarzda tasvirlangan.
403. Odil Yoqubovning ”Adolat manzili” romani nima haqida bahs yuritadi,
bosh qahramoni kim?
Odil Yoqubov “Adolat manzili” romani ustida 1988-1991-yillar davomida ish
olib bordi. Asar 1994-yilda “Sharq yulduzi” jurnalida bosildi. 1998-yilda alohida
kitob bo’lib chiqdi. Roman voqeasi oddiy – unda “o’zbek ishi” deb atalgan
ko’ngilsiz hodisaning ayanchli bir ko’rinishi haqida hikoya qilinadi. Yaqindagina
sovxoz direktorligiga ko’tarilgan halol, g’ayratli, shijoatkor, tadbirkor yigit
chaquv orqali mansabdorga “pora bergan”likda ayblanib qamaladi, markazdan
kelgan “desantchi”larning tahdid-u bedodliklari uchun qamoqxonada o’zini
o’ldiradi… Asardagi barcha gap-so’zlar, voqealar mana shu ko’rgulikka mubtalo
bo’lgan shaxs – bosh qahramon Suyun burgut bilan bog’liq, yozuvchi bu mudhish
hodisaga munosabatda bir talay personajlarning ma’naviy qiyofasini yana ham
batafsil gavdalantiradi, o’zining hayot, uning chigal jumboqlari xususidagi o’y-
mushohadalarini izhor etadi.
Dostları ilə paylaş: