411. Pirimqul Qodirovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asari qaysi? Pirimqul Qodirov 50-yillarning o’rtalaridan boshlangan yangi davr voqealari
voyaga yetkazgan adabiy avlodga mansub. Uning ilk ijodiy mashqlari matbuotda
40-yillarning oxirlaridayoq ko’ringan, 1950-yilda “Studentlar” degan hikoyasi
alohida kitobcha bo’lib chop etilgan bo’lsa ham , 1957-yili yozib tugatilgan “Uch
ildiz” romani Pirimqul Qodirovni yozuvchi sifatida elga tanitdi. O’sha yilning kech
kuzida roman keng muhokamadan o’tdi. Muhokamada ustoz adib Abdulla Qahhor
shunday deydi: “Ancha vaqtdan beri men o’zbek adabiyotida momaqaldiroq guldurosini eshitmay yurgandim. Nazarimda, mana shu asar adabiyotimizga momaqaldiroqday gulduros solib, chaqmoqday yaltillab kirib kelyapti” . Bu asar
haqida Izzat Sulton, Muxtor Avezov, Rasul Hodizoda kabi ulkan adabitotshunos va
yozuvchilar ko’p iliq gaplarni aytishgan.
412. Qaysi ijodkor 26 yoshida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan? Pirimqul Qodirov 1951-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O’zMU)
sharqshunoslik fakultetini tugatadi. 1951-53-yillarda Moskvada Gorkiy nomidagi
Jahon adabiyoti institutida aspiranturada o’qiydi. 1954-yilda “Abdulla Qahhorning
urushdan so’nggi ijodi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
413. Yozuvchining adabiyotshunoslikka oid faoliyati haqida nimalar bilasiz? Pirimqul Qodirov badiiy ijodni, tarjimonlikni ilmiy-tadqiqot ishlari bilan
qo’shib olib bordi. Filologiya fanlari nomzodi, ilmiy xodim sifatida uzoq yillar
O’zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ishladi.”O’zbek
adabiyoti tarixi”, “O’zbek adabiy tanqidi tarixi”ni yaratishda qatnashdi. Pirimqul
Qodirovning ilmiy, adabiy-tanqidiy faoliyati doirasi keng, lekin u ko’proq badiiy
asar tili, yozuvchi mahorati muammolarini o’rgandi. Olim “O’ylar”(1971), ”Dil va
til” (1972), ”Xalq tili va realistik proza” (1973) kabi risolalar yozib, so’z
san’atining til va badiiy mahoratga doir muhim muammolarini yoritishga munosib
ulush qo’shgan.