Sevimli yozuvchimiz Said Ahmadning so’z san’ati sohasidagi xizmatlari
davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Adib “O’zbekiston xalq yozuvchisi”
unvoniga, “Ufq” trilogiyasi uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. Mustaqillik
yillarida “Do’stlik” , “Buyuk xizmatlari uchun”ordenlari hamda 80 yoshga to’lishi,
uzoq va barakali ijodi evaziga Vatanimizning yuksak mukofoti – “O’zbekiston
Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Said Ahmad 2008-yilda vafot etdi. 2013-
yil 10-iyunda Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli Milliy bog’da Said Ahmad va
uning rafiqasi, xalqimizning sevimli shoirasi Saida Zunnunovalarga haykal
o’rnatildi.
Mavzu: Odil YOQUBOV
374. Odil Yoqubovning hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz?
Odil Yoqubov hozirgi o’zbek adabiyotining atoqli vakillaridan biridir.
Yozuvchi proza, dramaturgiya va publisistika sohasida barakali ijod qilib, XX asr
o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.
Odil Yoqubov 1926-yilda Qozog’istonning Chimkent viloyati Turkiston tumani
Otaboy qishlog’ida tug’ilgan. Ikkinchi jahon urushida qatnashish uchun 1945-yilda
frontga ketgan. Yaponiyaga qarshi olib b orilgan harakatlarda qatnashish uchun be-
poyon Gobi sahrosini yayov kezib chiqib, o’limlardan omon qolgan. Burch tuyg’u-
si yuksak yozuvchi uchun harbiy xizmat 1950-yilga qadar cho’zilgan. Frontdan
qaytgach, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ning filologiya fakultetida
o’qib, uni imtiyozli diplom bilan tugatgan (1956). O’zbekiston Yozuvchilar tashki-
lotida maslahatchi (1955-1959), “Literaturnaya gazeta”da maxsus muxbir (1959-
1963, 1967-1970), “O’zbekfilm”da, O’zbekiston Kinomatografiya davlat qo’mita-
sida bosh muharrir(1963-1967), G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nash-
riyotida (1970-1982), “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosh muharrir
(1982-1987) bo’lib ishlagan. 1987-yildan 1996-yilgacha O’zbekiston yozuvchilar
uyushmasi boshqaruvining raisi bo’lgan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach,Odil
Yoqubov ijod qilish bilan birga, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika atama-
shunoslik qo’mitasiga rais, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining
vitse-prezidenti sifatida uzoq yillar faoliyat ko’rsatdi.
Odil Yoqubov proza va dramaturgiya sohasida jo’shqin faoliyat olib bordi.
Dostları ilə paylaş: