O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Said Ahmad “Ufq” romanidagi qaysi obrazni yaratishda xalqimizga xos



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   187
366. Said Ahmad “Ufq” romanidagi qaysi obrazni yaratishda xalqimizga xos 
milliy xususiyatlar va milliy xarakter belgilaridan unumli foydalangan? 
Said Ahmad Ikromjon obrazini har jihatdan mukammal va jonli qilib 
tasvirlagan. Bu obraz vositasida oddiy kishilarning Vatanga bo’lgan cheksiz 
muhabbati mahorat bilan tasvirlangan. Ikromjon milliy xarakter sifatida namoyon 
bo’lgan. Xalqimizga xos qiyinchiliklarga chidash, mustahkam iroda, hayotbaxsh 
ruh Ikromjonning suyak-suyagiga singib ketgan. 
367. “Ufq” romanidagi qochoq kim? 
Said Ahmad asarda hayotdagi ibratli tomonlarni, ajoyib fe’l-atvor sohiblari 
bo’lgan insonlar obrazlarini tasvirlash bilan birga, salbiy jihatlarni, yaramas 
shaxslarni ham ro’yirost aks ettiradi. Asarda qochoq Tursunboy qismati, uning 
to’qayzorda ota-ona hamda el-yurt mehriga zor bo’lib, yolg’izlikda, xor-zoirlikda 
o’lishi g’oyat ta’sirli qilib tasvirlangan. Tursunboy Jannat xola va Ikromjonlarning 
yolg’iz o’g’li bo’ladi. U Zebini sevadi. Sevgilisi Tursunboy qochoq nomini olgach, 
Nizom bilan topishadi . Nizomboy Jannat xola va Ikromjonlarning tutingan o’g’li-
ga aylanadi.
368. Trilogiyaning “Ufq” deb nomlanishi qaysi qahramon monologida aks 
etgan? 
Trilogiyaning “Ufq” deb nomlanishi Ikromjon monologida aks etgan. Bu 
timsol o’z milliy qadriyatlariga sadoqat hamda porloq kelajakka komil 
ishonchning ramzidir. Ikromjonning asar so’ngida: “Yo’q, bolam, men dardga 
chalinmayman. Men o’lmayman. Tik bo’lsam yurib, yiqilsam emaklab, yotib 
qolsam sudralib hu o’sha ufqqa boraman. Ufqdan turib Yozyovo-nimga bir 
qayrilib qarayman.Ufqqa bormay o’lishim mumkin emas”, – deyishi bejiz emas. 
Trilogiyaning “Ufq” deb homlanishi ham ana shu hayotbaxsh ruhdan kelib 
chiqqan. Bu asardagi ufq tushunchasi xalqimizning Ikromjon obrazida yorqin 
gavdalangan o’z milliy qadriyatlariga sadoqati hamda porloq kelajakka komil 
ishonchining ramzidir. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bu asar uchun Said Ahmad 
respublika Davlat mukofoti sovrindori bo’lgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin