355. Said Ahmadning Lutfi, Bashorat, usta Boqi, militsiya polkovnigi Asqar kabi qahramonlar tasvirlangan asari qaysi? Yuqorida nomlari zikr etilgan qahramonlar sevimli adibimiz Said Ahmad-
ning “Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasida uchraydi. Komediyada katta bir o’zbek
oilasining o’ziga xos sertashvish va serzavq hayoti kulgili voqealar asosida
tasvirlangan.
356. Frontdan qochgan Tursunboy voqeasi “Ufq”ning qaysi kitobida tasvirlangan? Jangdan qochgan Tursuboy voqeasi “Ufq” trilogiyasining ikkinchi kitobi -
“Hijron kunlari“ (1964) kitobida tasvirlangan. Unda xalqimizning urush davridagi
og’ir hayoti, kurashi, vatanparvarligi, mardligi ehtiros bilan hikoya qilingan.
Asarda qochoq Tursunboy qismati, uning to’qayzorda ota-ona hamda el-yurt meh-
riga zor bo’lib, yolg’izlikda, xoru zorlikda o’lishi g’oyat ta’sirli qilib ifodalangan.
357. “Kuyov” asari qachon yozilgan, qaysi janrga mansub? Asardagi mash- hur seliksioner bog’bon kim? Said Ahmad “Kuyov” komediyasini 1986-yilda yozgan. “Kelinlar qo’zg’oloni”
komediyasidagi saminmiy, xushchaqchaq kulgi ruhi “Kuyov” ruhiga ham singib
ketgan. Bu asarda ham boshidan oxirigacha samimiy, beg’ubor va xushchaqchaq
kulgi hukmronlik qiladi. Asarda mashhur seleksioner, keksa bog’bon G’ani ota
obrazi mahorat bilan yaratilgan. Shu orqali yolg’izlik fojiasi komediya janri
talablariga mos ravishda ochib berilgan.
Komediyada ko’rsatilishicha, G’ani ota moddiy boylikka muhtoj emas, qarigan
chog’da beva qolib,yolg’izlik azobini tortadi. Otaning yolg’izlik dardiga davo izlab
chekkan qiyinchiliklari, ichki kechinma va ruhiy holatlari asarda juda qiziqarli va
ta’sirli qilib ko’rsatilgan. Shu asosda er-u xotinning qo’sha qarishi haqidagi xalq
hikmatining asl ma’nosi va mohiyati ochib berilgan.