O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   187
Қaюмoв Лaзиз. Зaмoндoшлaр. – Toшкeнт: 1985, 309-310-бeтлaр. 


 
350. Katta hayotiy tajribaga ega, muhandis-bunyodkor sifatida xorijiy 
mamlakatlarda ishlab kelgan obraz Said Ahmadning qaysi asarida uchraydi ? 
Tolibjon bo’lib,”Jimjitlik” asarida mavjud. Tolibjon o’z davrining uzoq - 
yaqinini ko’rgan, ancha ilg’or dunyoqarashli kishi. U biz bugun ega bo’layotgan 
ayrim imkoniyatlarga bundan salkam chorak asr avval ega bo’lgan. Xorijiy dunyo, 
uning kishilari qilayotgan ishlar bilan o’zimizdagi ahvolni zimdan taqqoslagan. 
Tolibjon hayotning ko’p azoblarini ko’rgan.Rafiqasi va farzandidan bevaqt judo 
bo’lgan. Natijada asab xastaligiga yo’liqqan, yagona istagi – jimjitlik. 
 
351. “Jimjitlik” romanidagi Mirvali obrazi qaysi jihatlari bilan ajralib 
turadi? 
“Jimjitlik” romanida rang-barang obrazlar yaratilgan. Bular orasida asarning 
asosiy obrazi Mirvali alohida ajralib turadi. Mirvali obrazida ikki xil kishi – ham 
yaxshi, ham yovuz odam qiyofasi gavdalantirilgan.Yozuvchi romanning birinchi 
qismini “Bir tanda ikki odam” deb bejiz atamagan. Chindan ham, Mirvali – keng 
fikrli, ishbilarmon, tashabbuskor, tashkilotchi. Uning respublika miqyosida rahbar 
bo’lishga, hatto biror vazirlikni boshqarishga qurbi yetadi. Biroq Mirvalida amal 
ketidan quvish, shuhratparastlik, xushomadgo’ylik, ko’zbo’yamachilik, nopoklik, 
xiyonat va jinoyat qilishdan tap tortmaslik singari yomon illatlar ham yo’q emas.
Yozuvchi Mirvalining yaramas qiliqlarini, vahshiyona kirdikorlarinitasvirlash 
bilan birga, Mirvali xarakteridagi illatlar qanday paydo bo’lganligini va qanday 
qilib rivojlanib borganligini ham ochib tashlagan. Adib Mirvalining hayot yo’lini 
va fojiali qismatini tasvirlash orqali kimki halollik, to’g’rilik, adolatparvarlik va 
insonparvarlik singari ezgu tushunchalarni mensimay, ularni oyoq osti qilsa, oxir-
oqibatda xoru zor bo’ladi, degan xulosani olg’a surgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin