O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Romanning bosh qahramoni kim? Nima uchun u ramziy qahramon?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   187
338. Romanning bosh qahramoni kim? Nima uchun u ramziy qahramon? 
Romanning bosh qahramoni – Ochil buva. Ochil buva asarning bosh g’oyasini, 
asosiy yukni o’zida tashuvchi ramziy obrazdir. Uning timsolida o’zbek xalqining 
umumlashgan nuroniy siymosini ko’ramiz. U chinordek uzoq yillar umr ko’rgan, 
lekin hali baquvvat, jismonan tetik, ruhan bardam.Qahramon psixologiyasidagi eng 
jozibador fazilati shundaki, u o’zini butun koinotning va undagi jami go’zallikning 
xo’jayini deb biladi. Hayotning ma’nosini esa odamlarga foyda keltirib, ularga pok 
muhabbat ulashib yashashda ko’radi. Ana shu xislatlar Ochil buvani xalqimizning 
yaxshi fazilatlarini mujassamlantirgan romantik obraz darajasiga ko’targan.
 


339. Asqad Muxtorning qaysi asari matonatli shaxs va betakror ijodkorning 
insoniyatga qoldirgan vasiyatidek yangraydi? 
Asqad Muxtor umrining oxirgi yillarida og’ir kasallikka yo’liqdi. Lekin metin 
irodali adib ijoddan, izlanishdan to’xtamadi. Xastalikni g’olib kelishiga yo’l 
qo’ymadi. Yanada mag’zi bo’liq, mazmuni teran, jozibador she’rlar e’lon qildi. 
1994-yili “Insonga qulluq qiladurmen” deb nomlangan to’plamidagi hikoyalar ham 
o’zining yuksak saviyasi bilan kitobxonlar e’tiborini tortdi. Eng so’nggi kitobi
“Uyqu qochganda “(“Tundaliklar”) (1997) nomli badiiy-falsafiy asari bo’lib, unda 
hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va badiiy ijod borasidagi mulohazalarini aks 
ettiradi. 
Asqad Muxtor 1997-yilning 17-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi. 
Adabiyotga ilk qadam qo’ygandan to umrining oxirigacha uninh yuragi badiiy ijod 
ishqi bilan urdi. Quyidagi misralar bu fikrimizning dalilidir: 
Men ko’p yo’llar yurdim, 
 
 
 
Ko’p narsani ko’rdim, 
 
 
 
Goh sog’inib, 
 
 
 
Goho 
 
 
 
 
Shodlikdan jo’shib; 
 
 
 
 
Qanoti chiqqan qushday 
 
 
 
 
Uyasiga sig’may, 
 
 
 
 
Yuragimda talpinar qo’shiq. 
 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin