Zulfiya keyinchalik “Dugonalar bilan suhbat”, “Paranjili xotin bilan uchrashuv”
“Birlashgan holda ilgariga”, “Kolombo kabutarlari”, “Yugoslaviya xotiralari”,
“Shahriniso haqida” kabi asarlar yaratib, o’zining badiiy ocherk va publitsistika
sohasidagi yutuqlarini mustahkamladi. Zulfiyaning bu asarlarida ham jangovar ruh,
lirik ohang va hayotbaxsh tuyg’u ustun turadi. Yozuvchi xalqimiz erishgan barcha
yutuqlarni ko’z qorachig’iday avaylab, mehr bilan tasvirlaydi va ularni turfa xil
dushmanlar xurujidan himoya qiladi.
327. ”Hijron kunlarida” to’plami kimniki?
Zulfiya ikkinchi jahon urushi davrida faol ijod qildi. Ko’plab she’riy to’plam
va dostonlar yaratdi. Ijodkorning “Hijron kunlarida” to’plami
1944-yilda yozilgan.
Kitobdan joy olgan she’rlarida o’sha jangovar kunlarning dolzarb mavzulari yorqin
ifodalangan, jonajon xalqimizning Vatanga muhabbati, g’alabaga bo’lgan ishonchi,
qahramonlik, insonparvarlik, dushmanga nafrati ifoda etilgan.
Dostları ilə paylaş: