Zulfiya ilmini oshirishga astoydil intildi, aspiranturada o’qidi, bolalar
nashriyotida muharrirlik qildi. Urush Zulfiya uchun ham katta sinov davri bo’ldi.
1944-yilda Hamid Olimjon bevaqt halok bo’ldi. Endi u ikki sozni – o’zi va Hamid
Olimjon sozini chalishni bo’yniga oldi. Bu shoira she’riyati mazmuni, yo’nalishi,
ruhidagina emas, ayni chog’da ijtimoiy faoliyatida ham yaqqol ko’rindi. “Saodat”
jurnalida (jurnal dastlab “O’zbekiston xotin-qizlari” deb nomlangan) bosh muharrir
bo’ldi. Zulfiya bu jurnalda 32 yil muharrir bo’lgan.
317. Zulfiyaning qanday dostonlarini bilasiz?
Shoira Zulfiya ijodi mavzu xilma-xilligi va g’oyaviy mazmun jihatidangina
emas, balki janr va badiiy mahorat jihatdan ham boyib, sayqal topa bordi. Zulfiya
oila va burch, axloq-odob, yoshlik va shodlik, vijdon va iymon, ishq-muhabbat,
sadoqat va xiyonat kabi mavzularda chuqur mazmunli dostonlar yaratdi. “Uni
Farhod der edilar”, ” Quyoshli qalam”, ”Mushoira”, ”So’roqlaydi shoirni she’rim”,
”Xotiram siniqlari” kabi qator dostonlari shular jumlasidandir.
318. Zulfiyaning urush davrida yozgan tarixiy-biografik dostoni qanday
nomlangan va u kim haqida?
Shoira Zulfiya urush davrida “Uni Farhod der edilar” nomli tarixiy-biografik
doston yozdi. Asar bosh qahramoni taniqli o’zbek artisti, otashin vatanparvar
jangchi Qobil qori Siddiqovdir. Dostonda bu obraz hayotiy tasvirlangan. Shoira
bosh qahramon timsolida xalqning fashizmga munosabatini ustalik bilan tasvirlay
olgan. Dostondagi voqea xushovoz san’atkor Qobil qorining Toshkent teatrida
Farhod rolini o’ynayotganligi tasviri bilan boshlanadi. Shoira:
Bu kuychiga tan berib butkul
Qo’shig’ini unutdi bulbul,
singari lirik misralarda Qobil qorining sahna san’atidagi mahoratini maftun bo’lib
tasvirlaydi. So’ngra Qobil qorining urush davridagi jangovar hayotiniehtiros bilan
hikoya qiladi. Dostonda Qobil qori so’zi bilan ishi bir haqiqiy qahramon sifatida
namoyon bo’ladi. U deydi:
Aziz Vatan, jonajon Vatan,
Kerak bo’lsa qurbon jon-u tan.
Baxt, erkimiz qolsin deb elda,
Muhabbating, qudrating dilda.
Ko’rsatamiz kurashda sabot,
Yovdan seni qilamiz ozod.
Xalqim uchun, san’atim uchun
Yana jangga kiraman bu kun!
Dostları ilə paylaş: