she’rlaringiz Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolidan noyob nishonadir…”. Fikrlar muallifi kim? Qaysi ijodkor haqida? O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Zulfiya tavalludining 80 yilligi
munosabati bilan unga yo’llagan tabrik xatida shoira ijodiga yuksak baho bergan
edi. Zulfiya ijodi haqida Yurtboshimiz yana quyidagi fikrlarni bildirib o’tgan: “…
Siz latif ijodingiz bilan millionlab kishilarga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq berdingiz… Siz Gulbadanbegim, Zebunniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi Sharqning buyuk fozila ayollari boshlagan an’analarni boyitib, yangi pog’onaga ko’tardingiz. Mehribon va talabchan ustoz Zulfiyaxonimning mahorat maktabidan ko’plab yosh iste’dodlar bahramand bo’ldilar. Istiqlol ruhi Sizni, ijodingizni yanada yashartirib yubordi. Maftunkor she’riyatingiz yoshlik nafasi bilan qayta uchqunlandi ”
56
.
314. Zulfiyaning birinchi she’rlar to’plami qanday nomlangan? Zulfiya 1931 – 1934-yillarda xotin-qizlar pedagogika bilim yurtida tahsil
oldi. Bilim yurti qoshida shoir Shukur Sa’dulla rahbarligida adabiy to’garak tashkil
etiladi. Shoira shu yerda she’r mashq qila boshlaydi. To’garakda ko’p narsalarni
o’rgandi, hayot, turmush saboqlaridan ilhom oldi va 17 yoshida, ya’ni 1932 – yilda
“Hayot varaqlari” nomli ilk to’plamini chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Ammo shoira
bu kitobda dunyoga, voqelikka va kishilarga o’z nuqtai nazaridan qarash darajasiga
ko’tarilmagan edi. Shunday bo’lsa-da, birinchi to’plam shoirani adabiyot olamiga,
ijod ahliga tanitdi.
315. Zulfiyani kim “tong kuychisi” deb ta’riflagan? O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir Zulfiya ijodiga alohida muhabbat bilan
qaragan. Shoira ijodi haqida ko’plab maqolalar ham yozgan. Jumladan, Zulfiya
haqida shunday yozadi: “Zulfiya – kamtar, o’ta zahmatkash, bilim ufqi keng,
doimo dili toshqin, olamni timsollar – obrazlar ko’zgusida tasavvur etishga qodir
asl shoira”. Yoki : “O’zbek poeziyasida Zulfiya degan nomning chaqnab paydo
bo’lishi – tong yulduzining tug’ilishiga teng voqea , u chindan ham tong kuychisi”.