304. Mirtemirning so’nggi kitobi qanday nomlanadi? Shoir Mirtemirning so’nggi kitobi “Yodgorlik” deb ataladi. Shoir bu kitobida
butun umri davomida kuylagan ohanglarga, amal qilgan estetik prinsiplariga sodiq
qolgan. Lekin shoir she’riyatining fazilatlari bu kitobda o’zgacha bir tiniqlik kasb
etgan. Ma’lumki, Mirtemir o’z ijodining boshidan oxi rigacha ona-yurtni, Vatan
go’zalligini kuyladi. Shoir oddiy mehnatkash insonni sevar, unga sajda qilar, u
yaratgan va yaratadigan mo’jizalarni muqaddas bilardi. “Yodgorlik”da shoir
lirikasining shu xususiyatlari yangicha bir kuch bilan jilolanadi. Kitobda “Toshkent
taronalari”, “Sen borsan”, “Toshkent oqshomlari”, “Yil boshi orzulari”, “Hindu
raqqosasiga bag’ishlaganim”, “Baxt qo’shig’i”, “Yorti asr qo’shiqlari” kabi
she’rlar bor.
Mirtemirning bu she’rlari mazmunining teranligi bilan kishini maftun etadi.
Shoir publitsistik she’rlarida butun Sharqning o’tmishi va buguni haqida gapiradi,
o’zbek xalqining tarixiy taqdirini gavdalantiradi. “Toshkent oqshomlari” she’rida
go’zal Toshkent manzarasi ko’z oldimizda gavdalanadi:
Ko’z uzib bo’lmaydi, sehrli manzara, Jozibador, yarq-yurq, oqin sharshara. Nima bo’ldi, ertakmi yo Eram bog’i? Yoki xayolotmi, yo nur aymog’i? Yo’q, samolyot sekin qo’nmoqda edi So’ngsiz bir kahkashon ustiga go’yo…
Ana shunday teranlik va ehtiros, latofat, samimiyat shoirning boshqa she’rlarida
ham yetakchi o’rin tutadi.
305. Mirtemir ijodining so’nggi bosqichidagi asarlar va ularning o’ziga xos