Mirtemir she’riyatining bosh mavzusi – O’zbekiston, asosiy qahramoni esa
o’zbek xalqidir. Shoir O’zbekiston va o’zbek xalqi hayoti mavzulariga muntazam
murojaat etadi va har safar o’z el-ulusi obrazining yangi bir qirrasini o’ziga xos
usulda mahorat bilan ochib beradi. Yurt jamolidan, odamlar kamolidan quvongan
shoir niyat qiladi:
She’rlarimda jilva qilsin zamona,
Yurtim madhi bo’lsin so’nggi satrim ham.
Shoir niyatiga yetdi. Shoirning so’nggi satrlari ham yurt madhi, ona xalqqa
muhabbat-u sadoqat tuyg’usi bilan yo’g’rildi. Quyidagi misralarga e’tibor beraylik:
Xalqim yetagida yetdim voyaga,
Xalqim bilan kuldim…
Zalqim deb o’ldim.
Xalqim nima bo’lsa, men o’sha bo’ldim…
Mening yuragimni teshib o’tdilar
Xalqimga otilgan talay-talay o’q.
Qancha yo’llar bosdim, gohida toldim,
Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard.
Dostları ilə paylaş: