“Qorqalpoq daftari” asarida she’riy turkum janrining o’ziga xos talablariga to’la
rioya qilingan, sarlavhaga chiqarilgan mavzu atroflicha yoritilgan va bu turkumni
tashkil etuvchi she’rlarning bir-biriga bog’liq bo’lishi ta’minlangan. To’plamdan
joy olgan “Hodisa” she’rida asosiy maqsad qilib, onalarning ulug’vor siymosini
yaratish, madh etish vazifasini qo’ygan. She’rning ana shunday jihati quyidagi
misralarda yorqin namoyon bo’ladi:
Seni ezgu timsolday,
Tengsiz sohibjamolday
Kuylaganim kuylagan,
Siylaganim siylagan.
Chunki, axir, onasan,
Elimda durdonasan.
Dostları ilə paylaş: