fayzini saqlab qolgan asarlardan. Doston markazida qahramonning mardlik va
vatanparvarlik bilan to’la ma’naviy dunyosi tahlil etiladi. Asarning zamirida
san’atkorning so’zi bilan ishi bir bo’lishi kerak, degan fikr mavjud. Bosh
qahramon mashhur san’atkor Qobilqori. Farhod rolini mahorat bilan ijro etgani
uchun Farhodning o’zi der edilar. Frontga borib, ona-Vatan yo’lida qurbon bo’ladi.
Uning qahramonona hayot yo’li va fojiali taqdiri “
Hayotimizni saqlab qol, do’stlar
uchun qasos ol”, degan chaqiriq yanglig’ yangrab turadi.
320. Zulfiya qaysi asarlarni tarjima qilgan?
Zulfiya mohir tarjimon hamdir. Demyan Bedniyning “Ziynatning qasami”,
Lesya Ukrainkaning “Umid kutaman”, ”Oqshomgi soatda”, “Kuylarim” asarlarini,
Mustay Karimning “Oy tutilgan tunda” pyesasini, N. Nekrasovning “Rus ayollari”
dostonini, shuningdek, M. Lermontov, Nozim Hikmat, Amrita Pritam, V. Inber,
Silva Kaputikyan, Marvarid Dilbozi, Svetlana Somova kabi turli millat ijod ahlini
ko’plab she’riy asarlari Zulfiya tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Deyarli
barcha tarjimalarda asliyatning ruhi, nazokati, jozibasi va milliy xususiyatlari sof,
tabiiy ravishda saqlangan.
321. “Quyoshli qalam” dostoni muallifi kim va u kimga bag’ishlangan?
Atoqli yozuvchi Oybek haqidagi “Quyoshli qalam” dostoni Zulfiya qalamiga
mansub. Doston ijodkorning Vatan, xalq, tarix, kelajak avlod oldidagi burchi
to’g’risida. Asarda yo’l obrazining falsafiy ma’no kasb etishi bejiz emas. Shoira
Oybekning ruhiy olamini, yuksak orzu-armonlarini hamda intilishlarini atroflicha
keng ifodalab bergan.
Dostları ilə paylaş: