O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   187
307. Majnuntol tagiga o’tqazing meni, 
Men uchun yig’lasin, men yig’lab bo’ldim ,-
 deya nola chekkan san’atkor kim ? 
Misralar muallifi sevimli shoirimiz Mirtemir tomonidan yozilgan bo’lib, 
”Betoblikda” nomli she’ridan olingan. Shoir she’rda o’z dilidagi dard-u armonlari, 
orzu va havaslarini ifodalamoqchi bo’lgan, lekin to’la emas… 


308. “… Qissa shoirning inson ruhini butun murakkabligi bilan tasvirlay 
olishidan “qalb dialektikasi”ga chuqur kira olganidan dalolat berib turadi… 
Qaysi asar nazarda tutilgan?
Bu lirik shoir Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” turkumiga kirgan “Surat” 
nomli lirik qissasi bo’lib, asar asosan qahramon kechinmalarini ifodalovchi lirik 
lavhalardan tashkil topgan 
309. Mirtemir ijodiga asos bo’lgan 3 ta manba qaysilar ? 
Mirtemir ijodiga asos bo’lgan 3 ta manba quyidagilar: 1. Xalq og’zaki poetik 
ijodi. 2. O’zbek mumtoz adabiyoti. 3. Qardosh xalqlar adabiyoti. Bu 3 manba 
tajribasi shoir ijodini yuksaklikka ko’tardi. 
310. Mirtemirning ”Qoraqalpoq daftari” turkumiga qancha she’ri kiritilgan? 
Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” 1957-yilda yozilgan. Bu she’riy turkumni 
qoraqalpoq xalqining sermazmun va serqirra hayotini, erishgan ulkan yutuqlarini, 
orzu-istaklarini haqqoniy ifodalovchi, o’zbekning o’z inisi qoraqalpoqqa bo’lgan 
cheksiz mehr-muhabbatini tarannum etuvchi, xalqlar do’stligi va birodarligini 
ulug’lovchi she’riy qissa deb aytish mumkin. 20 dan ortiq go’zal she’rlardan tash-
kil topgan bu asarda Mirtemirning qoraqalpoq xalqiga bo’lgan samimiy hurmati, 
qon-qardoshlik e’tiqodi yaqqol aks etgan, shoir qoraqalpoq yurtini o’z yurti sifatida 
sevib,ardoqlab tasvirlagan va qoraqalpoq mehnatkashlarining fe’l-atvori, an’analari 
maftuni bo’lib kuylagan. 
“Qorqalpoq daftari” asarida she’riy turkum janrining o’ziga xos talablariga to’la 
rioya qilingan, sarlavhaga chiqarilgan mavzu atroflicha yoritilgan va bu turkumni 
tashkil etuvchi she’rlarning bir-biriga bog’liq bo’lishi ta’minlangan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin