311. Mirtemir qaysi asarlarni tarjima qilgan?
Mirtemirning tarjima sohasidagi xizmatlari ham tahsinga sazovor. O’zbek
kitobxonlari shoir-tarjimon Mirtemirning katta ijodiy mehnati tufayli “Ruslan va
Lyudmila”, “Shoh Sulton haqida ertak”, “Oltin baliq va baliqchi chol ertagi”(A.
Pushkin), “Ismoilbek”, “Savdogar Kalashnikov haqida qissa” (M. Lermontov),
“Rusiyada kim yaxshi yashaydi” (A. Nekrasov), “Bo’ron qushi haqida qo’shiq”(M.
Gorkiy) kabi o’lmas asarlarni o’z tillarida o’qishga muyassar bo’ldi.
Mirtemir mashhur qirg’iz eposi “Manas”ni, Uyg’un bilan hamkorlikda
qoraqalpoq eposi “Qirq qiz”ni, Maqsud Shayxzoda bilan birga gruzin shoiri Shota
Rustavelining “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” dostonini ham o’zbek tiliga
tarjima qildi. Bulardan tashqari, Mirtemir Genrix Geyne, Ejen Potye, A. Pushkin,
M. Lermontov, N. Nekrasov, T. Shevchenko, A. Surkov, A. Tvardovskiy, Abay,
Nozim Hikmat, Berdax, Xachatur Abovyan, Yanka Kupala, Silva Kaputikyan,
Pablo Neruda, Samad Vurg’un kabi ijodkorlarning durdona asarlarini tarjima qildi,
oily poeziya sirlaridan voqif bo’ldi.
312. Qaysi shoir Mirtemirning tarjimonlik faoliyatiga katta baho bergan?
Shunisi e’tiborliki, Mirtemir tarjimalarida asl nusxaning asosiy xususiyatlari,
undagi milliy ruh to’liq saqlangan. Shuning uchun ham, mashhur shoirimiz
O’zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov o’z ustozi Mirtemirning ana shu
xususiyatlariniyuksak qadrlab: “ Uni haqli ravishda O’zbekistondagi she’riy
tarjimaning otasi deyish mumkin. Bizda hech qaysi shoir Mirtemirdek ko’p va xo’p
tarjima qilgan emas”
55
, – deb yozgan edi.
Mavzu: ZULFIYA
313. ”Siz zamonamizning zabardast shoiri va jamoat arbobi sifatida
O’zbekistonning jarangdor ovozi bo’ldingiz… Jahon minbarlarida yangragan
Dostları ilə paylaş: |