O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Zulfiya qaysi asarida zamon, davr, xalq boshiga tushgan dard, jabr-



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   187
321. Zulfiya qaysi asarida zamon, davr, xalq boshiga tushgan dard, jabr-
jafoni xuddi o’zinikiday, o’zinikini xalqnikiday qilib tasvirlab bergan? 
Respublikamizning milliy mustaqillikka erishishi shoira Zulfiya ilhom 
bulog’ining ko’zini ochib yubordi. Yillar davomida qimtinib, haqiqatni bor 
bo’yicha ayta olmay, yuragi o’rtanib yurgan shoira yangi davr kelganini teran his 
etdi. Bosib o’tilgan yo’lga adolat ko’zi bilan boqib, ularni o’z nomi bilan atab, 
haqqoniy realistik asarlar yaratdi. 1995-yilda yozgan “Xotiram siniqlari” dostoni 
shoira Zulfiya ijodining yangi sahifasi, yangi bosqichi va hozirgi davr o’zbek 
she’riyatining qonuniy yutug’i deyishga arziydi.
Doston she’riyatimizda muhim voqea bo’ldi. Zulfiya o’z tarjimai holini asos 
qilib olib, xalqimizning og’ir, ammo qahramonona yo’lini haqqoniy ifodalab 
beradi: 
Onam qo’llarida mushtday tugunchak, 
 
 
 
Tosh shaharni kezar avaxta izlab, 
 
 
 
Avaxta nechadir, zor ona necha, 
 
 
 
Nechalar yashardi zamonni “siz”lab. 
 
 
Yoki: 
 


 
 
 
Taqdir, taqdir dedim, yashadim uzoq, 
 
 
 
Taqdir peshonaga yoziq deyishdi. 
 
 
 
Yoziqni peshonaga urdim-u biroq, 
 
 
 
Men sindim, qonimdan g’ishtlari pishdi. 
 
 
 
Alam. Yomon alam ko’zing ko’r bo’lsa, 
 
 
 
Lekin so’qir dillik undan-da dahshat. 
 
 
 
Xalq ganjin yulmoqqa cho’zilgan qo’lga 
 
 
 
Biz alvon guldasta tutibmiz faqat. 
 
Ko’rinadiki, shoira zamon, davr, xalq boshiga tushgan dard, jabr-jafoni xuddi 
o’zinikiday, o’zinikini xalqnikiday qilib tasvirlab bergan. Dostonni bekorga 
“Xotiram siniqlari” deb nomlamaydi. Bu xotiralar – xalq tarixi shunchaki xotira, 
shunchaki tarix emas, balki “dardli, tig’li siniqlar” bo’lib, doim yurakni tilib qon 
chiqarib azob berib turadi, ular saboq. Shu tufayli shoira intiqlik bilan kutgan 
istiqloldan cheksiz xursand:
 
 
 
 
Hurriyat, keldingmi, nahotki kelding, 
 
 
 
Kelar yo’llaringda pinhona toldim. 
 
 
 
Mening ota-onam, jon Vatanimda, 
 
 
 
Elim taqdirida abadiy qolding. 
Ardoqli va atoqli shoira Zulfiya o’z ijodi haqida shunday degan edi: 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin