lozimligi kabi qator masalalar hajviy yo’sinda tasvirlangan. Hikoya yumoristik
xarakterda bo’lib, unda holat ustidan kulinadi.
361. ”Sarob” hikoyasining muallifi kim va u nima haqda?
“Sarob” hikoyasining muallifi yozuvchi Said Ahmaddir. Adib bu hikoyada
rossiyalik pioner Pavlik Morozovning o’z otasini fosh etib, ko’rsatgan “jasorat”ini
takrorlagan Kimsan nomli oqpadarning o’z buzrukvoriga qarshi qilgan yovuzligi
va buning ayanchli oqibatini mohirona aks ettirgan. Shu fojiali voqea misolida
sho’rolar davridagi ijtimoiy adolatsizliklar, nopokliklar, kommunistlarning o’z
qora niyatlarini amalga oshirishda bolalarni otalariga qarshi qayrab ish yuritishdan
ham qaytmaganliklari fosh etilgan.
362. Said Ahmadning qanday hajviy hikoyalarini bilasiz?
Said Ahmad ijodida hajviy hikoyalar ham ko’p. Uning“La’li badaxshon”,
”Begona”,”Xanka bilan Tanka”,”Mening do’stim Boboyev” , ”Lampa shisha” kabi
hajviy hikoyalarida yozuvchi hayotda uchrab turuvchi nopoklik, manmanlik,
maishiy buzuqlik, ig’vogarlik, ko’zbo’yamachilik, rasmiyatchilik singari illatlar
ustalik bilan fosh etilgan. Bunga adibning “Mushtum” jurnali sahifalarini bezagan,
teletomoshabinlarga zavq bag’ishlagan miniaturalari ham yaqqol misol bo’la oladi.
Dostları ilə paylaş: