385. Qaysi asar yozuvchi Odil Yoqubovning bosh estetik, axloqiy
prinsiplarini shakllantiruvchi asar sifatida ham qimmatli?
Yozuvchi Odil Yoqubov “Muqaddas” qissasida bir qarashda kundalik oddiy
voqeaday bo’lib ko’rinadigan hayot lavhalarini chuqur tadqiq etgan. Shu orqali
axloq-odob va yoshlar tarbiyasiga oid muhim muammolarni ko’targan. Poklik,
vijdoniy soflik, to’g’rilik va halollikni ulug’lab, yoshlar hayoti va ongida
uchrovchi olg’irlik va qing’irliksingari yaramas odatlarni keskin qoralagan.
Shuning uchun ham “Muqaddas” yozuvchining bosh estetik, axloqiy prinsiplarini
shakllantiruvchi asar sifatida ham g’oyat ahamiyatlidir.
386. Odil Yoqubovning ”Qanot juft bo’ladi” asari nima haqida bahs yuritadi?
“Qanot juft bo’ladi” qissasi 1968-yilda yozilgan. Asarda yozuvchi bir emas, bir
necha ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy muammolarni ko’taradi. 60-yillar kishilari
ma’naviy hayotida nimalar sodir bo’lyapti, qaysi odatlar maqbul, qaysilari esa
nomaqbul, xalqning ma’naviy yuksalishiga nimalar to’sqinlnk qilyapgani haqida
javob izlaydi.
Qissa personajlari Akram, Sayyora, Shavkatjon, Nilufar, Murodjon, Sodiq –
barchasi burchga munosabat, imon-e’tiqod, diyonat, adolat tuyg’usi fonida tahlil
etiladi.
Asarning yetakchi personajlari – Akramning ikkilanishlari, iztiroblari,
Sayyoraning adashishi, boshqa personajlar taqdiri va xarakteridagi kuchli va ojiz
jihatlar davr sur’ati bilan bog’liq holda tahlil etiladi.
387. Odil Yoqubov qaysi asarida dongdor ayol Saltanatni halokatga olib
kelgan omillarni badiiy tahlil qilib bergan?
Odil Yoqubov “Bir feleton qissasi”ni 1963-yilda yozgan. Unda keltirilishicha,
journalist Uchqunjon yaxshi surishtirmay shoshma-shosharlik bilan bir vaqtlar
mehnatda dong taratgan, keyinchalik esa yengil hayot kechirish yo’liga kirib
ketgan ayol haqida feleton yozib yuborgan. U katta xatoga yo’l qo’yganini sezib
qolgach, vijdon azobiga tushadi, asli pokiza yigit yuz bergan xatoni tuzatish uchun
qalb da’vati bilan kurashga otlanadi. Xuddi o’sha kurash jarayonida, bir tomondan,
qahramonning vijdon, diyonat tuyg’usining kuchi namoyon bo’lsa, ikkinchi
tomondan, yozuvchini hayajonga solgan hayotiy chigalliklarning ildizi ochila
boradi. Yozuvchi dongdor ayol Saltanatni og’ir fojiaga olib kelgan omillarni badiiy
tahlil etib beradi.
Dostları ilə paylaş: |