O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Odil Yoqubovning qanday qissalarini bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   187
 
379. Odil Yoqubovning qanday qissalarini bilasiz?  
Sevimli adibimiz Odil Yoqubov hikoya, ocherk, feleton va ko’plab 
romanlar, shu bilan birga sahna asarlarini ham yaratgan. Nasr ustasi “Bir feleton 
qissasi”, ”Muqaddas”, ”Tilla uzuk”, ”Qanot juft bo’ladi”, ”Larza”, ”Izlayman”,
”Billur qandillar”, “Matluba”, ”Qaydasan, Moriko”, ”Ota izidan” kabi qissalarni 
ham yozgan.
 380. “… O’qishni tashlab, qo’lga ketmon olishga to’g’ri keldi, yer haydadik, 
suvchilik qildik…”Fikrlar qaysi ijodkorga tegishli? 
 
Odil Yoqubov yoshligida ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Halol va 
vijdonli otasi 1937-yil qurboniga aylandi – johil kimsalar tomonidan qamaladi. 
To’rt norasida birgina beva ayol qo’lida qoladi. Olijanob odamlar himmat qo’lini 
cho’zadilar. Shular madadida oila qaddini tiklab oladi. Orada urush boshlanadi. 
Barcha erkaklar frontga otlanadi, qishloqdagi og’ir ishlar chollar, ayollar, o’spirin-
lar yelkasiga tushadi. Odil Yoqubov yuqoridagi fikrlarni “Hayot saboqlari va ijod 
mashaqqatlari” maqolasida yozarkan, yana quyidagilarni ta’kidlaydi: “Ko’klamda 
dashtga chiqib yer haydadik, yozda suvchilik qildik, o’roq o’rdik, yalangoyoq tikon 
kechib “eshak karvon”larda front uchun g’alla tashidik. Bu ham yetmagandek, 
urush cho’zilib, mash’um qoraxatlar kela boshlaganida, ayollarning, yosh-yosh 
kelinchaklarning osmonu falakni zir titratguvchi faryodlarini eshitib, qon qaqsha-
dik, ular chekkan iztiroblarning guvohi bo’ldik…
59

59
 Фoзилoв Н. Устoзлaр дaврасидa. – T.: “Ёш гвардия”, 1988, 16-бeт 


381. Odil Yoqubovning qaysi asari uni yozuvchi sifatida elga tanitdi? 
Odil Yoqubovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asari 1961-yilda e’lon 
qilingan “Muqaddas” qissasi hisoblanadi. Ham ma’yus, ham allaqanday nurli 
ohanglarga to’la bu sevgi dostoni qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. Bu 
asar shunchaki ikki yoshning sevgi qissasidan iborat bo’lmay, unda sevgi 
bahonasida insonning inson, el-yurt oldidagi burchi, halollik, adolat, diyonat kabi 
masalalar ko’tarilgan.
Yozuvchi “Muqaddas” qissasida hayotning o’zidan olgan zavqini, o’z yurak 
dardini, hayajonlarini izhor etgan, o’zi qalamga olgan hodisalani murakkabligi, 
ziddiyatlari, chinakam nafosati bilan kitobxonga yetkaza olgan. Qissada ikki 
yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va tashvishlari samimiy 
tarzda hikoya qilingan.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin