yovonlik cho’l burguti Rahimjon , cho’lni bog’u rog’ga aylantirib,o’lkamizni
shirin-shakar mevalarga yanada serob qilishni hayotning maqsadi deb bilgan
maslakdoshlari hayoti ajoyib lavhalarda tasvirlangan.
370. Said Ahmadning sobiq Ittifoq davrida bo’lib o’tgan fojiali voqealar
ta’sirli, aniq ko’rsatilgan asarlari qaysilar?
Said Ahmad hikoyalari fikrning aniqligi, sujetning qiziqarliligi, uslubning
ravonligi, tilning pishiq va obrazliligi bilan o’quvchilarga g’oyat manzur bo’lgan.
Buni adibning mustaqillik davridagi ijodi ham tasdiqlaydi. 30 dan ortiq hikoyalari
shu davrda yaratildi. Bular haqida fikr yuritib adibning o’zi: “
Mening o’ylashimcha
va ko’plab gazetxonlar fikricha, ushbu hikoyalar so’nggi yillarda yaratilgan eng
yaxshi hikoyalar turkumi bo’ldi”, - deb yozgan edi. Adibning “Sarob”,”Azroil
o’tgan yo’llarda”,”Qorako’z Majnun” kabi hikoyalari bu fikrimizning yorqin dalili
bo’la oladi.Bu hikoyalarda sobiq sho’ro davrida bo’lib o’tgan fojiali voqealarning
yorqin manzaralari ishonarli va ta’sirli qilib ko’rsatilgan.
371. Said Ahmadning xotira (esse) lardan iborat asari qanday nomlangan?
Said Ahmad ijodining keying yillarida xotira (esse) lar ham yozdi.
Bu bilan
ijodkorimiz Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Furqat va boshqa qator so’z san’at-
korlari an’analarini davom ettirdi. Adibning 1999-yilda yozilgan “Yo’qotganlarim
va tоpganlarim” asari yorqin xotiralardan iborat.
Ma’lumki, Said Ahmad ko’plab mashhur ijodkorlar bilan uzoq vaqt birga bo’l-
gan, asarda shular haqida ko’rganlarini yozgan. Kitobning birinchi bobida ustozlari
va yaqinlari – Oybek, G’. G’ulom, A. Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Shuhrat, Saida
Zunnunova, temirchi Usta Amin bobo, A. Muxtor, Turob To’la, O’. Umarbekovlar
haqida, ikkinchi bobida O’. Hoshimov, N. Aminov, T. Murod, N.Fozilov, M.Qori-
yev, To’lan Nizom kabu bugungi kunda yetuk yozuvchi bo’lgan, xalq hurmatiga
sazovor bo’lgan yozuvchilar, shogirdlari to’g’risida qaynoq fikrlar bayon qilingan.
2003-yilda yozilgan “Kiprikda qolgan tong”, “Umrim bayoni” kabi qator asarlari
ham esse va xotiralardan iborat.
Dostları ilə paylaş: