O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 “Jimjitlik” romanidagi Nurmat tog’a qismati haqida nimalar bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   187
352. “Jimjitlik” romanidagi Nurmat tog’a qismati haqida nimalar bilasiz? 
Asarda adolatsizlik va shafqatsizlikning qurboni bo’lgan Nurmat tog’a qismati 
juda ta’sirli va haqqoniy aks ettirilgan. Nurmat tog’a o’sha davrdagi ba’zi jirkanch 
amaldorlar tomonidan g’ijimlab tashlangan vijdonli bir kimsaning obrazi sifatida 
jonli va to’laqonli holda chiqqan. Adib bu obrazni yaratishda Nurmat tog’aning 
qamoqdan ozib-to’zib, bukchayib qaytib kelgandan” keying hayoti, uning Mirvali 
qo’lida, tog’dagi shiyponda yolg’izlikda g’am chekib kun o’tkazishi, katta baza 
boshqaruvchisi (sobiq kolxoz raisi) Hojimurod Xolmatovga tasodifan duch kelishi 
va undan qasos olishi voqealaridan ustalik bilan foydalangan. Nurmat tog’a Hoji-
murodni o’ldirmaydi, lekin o’ldirgandan ham battar qiladi… 
353. Ananas hidiga ajib tuyg’u va ma’no singdirgan Said Ahmad hikoyasi 
qaysi? 
Said Ahmadning ananas hidiga ajib tuyg’u va ma’no singdirgan hikoyasi 
“Turnalar” deb nomlangan. Hikoyada oddiygina bir keksa kishi – Sobir ota bilan 
uchrashamiz. Hikoyani o’qiganimiz sari Sobir otaning og’ir qismati, irodasi, go’zal 
qalbi bilan tanisha boramiz. 


 Tabiat, manzara, holat, kayfiyat, milliylik… Lekin eng asosiysi, taqdir ba’zan 
inson boshiga qanday ko’rguliklar, azob-uqubatlar solmasin, chidash mushkul 
bo’lgan anduhlarga giriftor etmasin, hayot hayotligicha, hech narsa bilan qiyoslab 
bo’lmas shirinligicha qolaveradi. “Turnalar”dagi ananas hidiga yozuvchi shu 
ma’nolarni jo etgan.
354. Qaysi tanqidchi Said Ahmadni “prozaning shoiri” deb atagan? 
Mashhur tanqidchi Ibrohim G’afurov Said Ahmadni “prozaning shoiri” deb 
aytgan edi. Yozuvchining aksar hikoyalari bamisoli she’rdek o’qiladi. Bu fikrlarni 
“Turnalar” hikoyasiga ham qo’llasak xato bo’lmaydi. Qahramonning ruhiy dunyosi 
ham, tabiat manzarasi ham she’rdek qalblarimizga muhrlanadi. Adib ayrim so’z, 
ibora, kichik bir lavhada ham ruhiy holat, manzara, kayfiyat, xarakter qirrasini 
ko’rsatishga usta. E’tibor beraylik: “Tepalikdan oshib o’tganimdan keyingina 
anhorning guvillashi eshitilmayqoldi. Dala jimjit. Shamol ananas hidini olib 
keladi. Qayerdandir, yaqinginadan turnaning “query-qurey”si eshitiladi. Bu ovoz 
negadir osmondan emas, pastdan keladi ”. Bu lavha bizni hikoya o’quvchisidan 
uning ishtirokchisiga aylantirib qo’yganini sezmay qolamiz. Parchadagi har bir 
jumla oddiy manzara tasviri emas, ayni vaqtda, hikoyada biz tanishadigan voqealar
darakchilari hamdir.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin