O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ”Muqanna” asari qachon yozib tugatilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   187
 
267. ”Muqanna” asari qachon yozib tugatilgan? 
Hamid Olimjon “Muqanna” nomli sahna asarini 1937-yilda yozishga 
kirishgan va asarning birinchi pardasini yozib tugatgan. Orada bu asarni ma’lum 
sabablarga ko’ra yozmagan. Besh yil o’tgach, shoir muayyan ijodiy tajriba va 
malaka hosil qilgach, yana Muqanna mavzuiga qaytadi. 1941-yilning boshlarida 
Hamid Olimjon asarni yozishga qayta kirishib, 12-fevraldayoq uning birinchi 
pardasini tugatdi. So’ng qariyb bir yillik tanaffusdan keyin, 1942-yil 31-mayda 
asarni to’la yozib tugatgan. 
 
 
268. Hamid Olimjonning ”Muqanna” asaridagi Feruzning qullari kimlar edi?


Milliy ozodlik uchun kurash mavzuiga bag’ishlangan Hamid Olimjonning 
“Muqanna” dramasida sevgi masalalari keyingi o’rinda turadi. Shoir Muqanna 
qo’zg’olonining kelib chiqishi, avj olishi va mag’lubiyatga uchrashi sabablarini 
ko’rsatish uchun qahramonlar silsilasini to’g’ri tanlay bilgan. Bu qahramonlar 
orasida arab lashkarboshilari ham, xo’jalar va ularning qullari ham, dehqonlar ham 
bor. Ana shu rang-barang qahramonlar qatorida Feruzning qullari – Otash, xotini 
Gulobod, qizi Guloyin alohida mavqega ega. Bu kichik oila xalq vakillari sifatida 
tasvirlangan. Asar davomida Muqanna va Guloyin o’rtasida muhabbat paydo 
bo’ladi. 
269. Guloyin obrazi qaysi asarda uchraydi?
Guloyin obrazi Hamid Olimjonning “Muqanna” dramasida uchraydi. 
Guloyin xalqni hurriyat sari yetaklayotgan rahnamo bo’lganligi uchun ham 
Muqannani yurakdan sevadi. Guloyin Muqanna tarafdorlari safidan o’rin olar 
ekan, o’zi ham To’maris va Shiroq singari otashqalb jangchiga aylanadi. Shu 
tarzda, sevgi munosabatlari asardan qonuniy o’rinni egallab, Muqannaning kuchiga 
kuch qo’shadi. 
270. Hamid Olimjonning ”Muqanna“ dramasida konflikt qanday asosda 
qurilgan? 
Asar konflikti hayotiy haqiqatga mos. Konflikt Muqanna, Otash, Gulobod, 
Guloyin, G’irdak kabi mahalliy xalq vakillari bilan arab qo’shini qo’mondoni 
Saidbattolarab ruhoniysi Jaloyir, qul xo’jasi Feruz singari shaxslar o’rtasidagi 
hayot-mamot kurashi asosiga qurilgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin