“Mirzo Ulug’bek” tragediyasi tili – boy, shirali, aniq va obrazli. Asardagi
monolog va dialoglar katta mahorat bilan yozilgan. Tragediyada Shekspir ruhi
yaqqol sezilib turadi, chunki bu asarni yozishga kirishdan avval “Hamlet” ni
tarjima qilgan edi
. Tarjima jarayonida u ulug’ ingliz dramaturgining dramatik
mahorat sirlarini o’rgandi. Shekspirdan o’rganish “Mirzo Ulug’bek”ning sujet quri
lishida ham, kompozitsiyasida ham seziladi. Ayni chog’da dramatizmning
kuchliligida ham, shaxslar fojiasini tub ildizlari bilan ochib berishda ham, obrazlar
xarakterini butun ziddiyatlari ichki ruhiy kurashlari va insoniy jozibasi bilan tasvir
lashda Shekspir saboqlarininh ruhi sezilib turadi.
244. Amir Temur monologi qaysi asarda berilgan?
Mirzo Ulug’bek – Amir Temurning suyukli nabirasi, ya’ni to’rtinchi o’g’li
Shohrux Mirzoning farzandi,u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok
etgan. “Mirzo Ulug’bek” fojiasida Ulug’bek Amir Temur maqbarasiga
kiradi,qabrga enga- shib xayolga botadi. Sahnaning orqa pardasida soyalar
qo’ynida Amir Temurning qomati paydo bo’ladi. Shu yerda uning quyidagi
monologi berilgan:
Yer yuzida buzilganga o’xshar intizom,
Avlodimdan sohibqiron chiqolgan kim bor?
Men to’ldirgan ummonlarning savlati qani?
Qani o’shal quturuvchi yoldor dengizlar?
Men oltmish yil ot belidan tushmadim, toki,
Ilalabad avlodlarim bo’lsin jahongir…
Amir Temur yana davom etib, nabirasiga shunday deydi:
…O’g’lim, sening irodangni yeb qo’ydi kitob.
Sipohiylik rasmlarin qilmayin pisand,
Yulduzlarning qo’shiniga bo’lding farmondor.
Osmoniy o’lkalarni olmoqchi bo’lib,
Yerdagi naqd diyoringni boy berding qo’ldan…
Ko’rinadiki, Amir Temur qiynalib qoldirgan davlat parchalanib ketdi.
Temuriyzodalar bobolari qoldirgan vaziyatlarga amal qilmadilar. Shuning uchun
ham Temur ruhi bezovta …
Dostları ilə paylaş: