O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ”Jaloliddin Manguberdi” dramasi qahramonlari kimlar?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   187
228. ”Jaloliddin Manguberdi” dramasi qahramonlari kimlar? 
 
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi qahramonlari Sulton Muhammad 
Alovuddin Xorazmshoh, uning o’g’li Jaloliddin, Xorazmshohning kuyovi 
Samarqand hokimi amir Badriddin, Jaloliddinning singlisi Sultonbegim, tarixnavis 
olim Muhammad Nasaviy Xo’jand hokimi , iste’dodli sarkarda Temur Malik va
boshqalardir. 
229. ” Jaloliddin Manguberdi” asari qanday yakun topadi? 
 
Jaloliddin 60 ming kishilik qo’shinga rahbarlik qilgan, Chingiz qo’shinlari 
bir necha marta zarbaga uchraydi, biroq lashkarboshilar o’rtasida hukm surgan 
nizolar va ichki kurashlar Jaloliddinning yengilishiga olib keladi.1221-yili Sind 
daryosi bo’yidagi jangda u yengiladi. U onasi, xotini va singlisi Sultonbegimning 
dushman qo’lida xor bo’lishini istamaydi, daryoga cho’ktirib yuboradi. O’zi to’rt 
ming askarini olib daryo orqali Eronga chekinadi ( bu haqda muarrix Nasaviy 
aytib o’tgan). Nasaviyning xabar berishicha, Chingizxon Jaloliddinning tengsiz 
jasurligiga qoyil qolib, harbiy mahoratiga tan berib: “Agar shunday o’g’lim 
bo’lganda, o’zimni dunyodagi eng baxtiyor otalardan hisoblardim”, degan ekan.
230. Maqsud Shayxzoda fikricha, uch fazilat birlashsa, mushkullar oson 
yemirilib, dunyo obod, hayot farovon bo’ladi. Qaysi she’rida shu fikrlar 
ilgari surilgan? 
 
Mashhur ijodkor Maqsud Shayxzoda fikricha, uch fazilat birlashsa, 
mushkullar oson yemirilib, dunyo obod, hayot farovon bo’ladi. Bu ush fazilat 
odamzodga ato etilgan g’a yrat, mehnat va bilim bo’lib, ularning zamirida olam 
yashnab ketadi. Shoir buni “ Uch do’st “ to’rtligida shunday yozadi: 
G’ a y r a t : - Men to’xtamay jadal yurdim, der, 
M e h n a t : - Ekkanimni barvaqt terdim, der. 
B i l i m : - Mushkullarni tez yemirdim, der, 
U ch d o’ s t ning kuchidan o’lka bahra yer. 



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin