O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 “O’tmishdan ertaklar” sujeti qanday usulda berilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187
174. “O’tmishdan ertaklar” sujeti qanday usulda berilgan? 
 
Asar sujeti hikoyalar tizmasi tartibida berilgan. Shunga ko’ra, qissadagi 
hikoyalar ichki mantiq jihatidan kompozitsion markaz bilan mahkam bog’langan 
bo’lsa-da,ma’lum darajada mustaqillikka ham ega.“O’tmishdan ertaklar” yumorga, 
hajviy unsurlarga boy.Unda ortiqcha tasvirlar yo’q, yozuvchi fikrini doimo siqiq va 
obrazli qilib ifodalaydi. Qissada: “Yuzboshi yurtning boshiga kelgan ko’rgilikni 
qoshiq qilib, xalqning qonini ishayapti”, “Ochlik bo’lganda dehqon kelisining kiri, 
tegirmonchi do’ppisining changi bilan bo’lsa ham nariroqqa borib oladi, lekin 
kosibga qiyin”, “ Yarim so’mga tuyaning ko’ziday zog’ora non olib berardi ” 
singari obrazli jumlalar ko’p. 
 
175. “O’tmishdan ertaklar“ asarida asosiy e’tibor nimaga qaratilgan? 
Yozuychining bolalik va o’smirlik chog’larini ko’rsatishga, yosh 
Abdullaning turmush qiyinchiliklari ostida toblanib, chiniqib borganligini hikoya 
qilishga qaratilgan. O’tmishdagi jaholat, qoloqlik qissaning har bobida yangi bir 
ko’rinishda ochila boradi. Yaypanlik nonvoy Olimbuva – mehnatkash xalq vakili, 
insofli, hamiyatli odam. U qishloqma-qishloq ko’chib sargardon bo’lib yurgan usta 
Abduqahhorga joy beradi, qo’lidan kelganicha yaxshilik qiladi. Usta “shayton 
arava” – velosiped minib kelayotganda Olim buvaning sakson yashar opasi qo’rqib 
ketib o’lib qolganda ham Olim buva ustani kechiradi. “Opamning kuni bitgan,
qazosi yetgan ekan, xudoning irodasi” deydi. Ammo boshqa arzimagan bir sabab – 
qizining paranjisiga ilashgan bir shox yantoqni usta oyog’i bilan bosib olib 
tashlashi va juvon buni teginish deb o’ylagani Olim buvaday yaxshi odamni ham 
johilga aylantirib yuboradi. Olim buva “Hozir ko’rpangni ko’tar, it kelgindi!” deb, 
ustani oilasi bilan uyidan quvadi.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin