O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187
haqida nimalar bilasiz? 
Oybek yetuk prozaik edi. Uning qator romanlari, ko’plab qissalari o’zbek 
nasri rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. “Qutlug’ qon” romani alohida ahamiyatga 
ega asardir. Adib bu asarni yozishga qatag’on avj olgan mash’um 1937-yillarda 
kirishgan edi. Bu haqda adibning turmush o’rtog’i Zarifaxonim Saidnosirova 
shunday yozadi: “… Oybek butun yoz ichi bog’dan chiqmay ijod qildi, u buyuk 
iroda egasi edi. Shuning uchun ham u o’ta tahlikali va fojiali kunlarda, g’urbat 
yutib kechirilgan hayotda “Qutlug’ qon”day go’zal va o’lmas asarni yaratdi”. 
Tahlikali vaziyatda bo’lishiga qaramay, roman ilhom og’ushida shiddat bilan 
yozilgan. Buni adabiyotshunos olim Homil Yoqubov keyinchalik: “Oybek shu 
qadar qizg’in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badalida milliy ozodlik 
harakatida mehnatkash xalq ongining munavvarlashishini tasvirlagan, badiiy 
jihatdan yuksak asar “Qutlug’ qon”ni yozib tugatdi”, - deb eslaydi. Ehtimol, adib 
hayotdagi adolatsizlikni, zulm-zo’rlikni ko’rmaslik, undan o’zini chalg’itish uchun 
butun e’tiborini romanga qaratgandir.
Oybek 1939-yilda asarni yozuvchilar uyushmasida muhokama qildirdi. 
Muhokama chog’ida ayrim kishilar adibni asarga inqilobchi kuchlarni, rus 
vakillarini kiritmaganlikda aybladilar. Shundan so’ng Petrov obrazini kiritishga 
majbur bo’ladi. 
150. ”… odam bo’lmoqchi esang, onang zoriga quloq solma!” Ushbu fikrlar 
Oybekning “ Qutlug’ qon” romanidagi qaysi qahramon tomonidan kimga qarata
aytilgan ? 
Mirzakarimboy obrazi romanda juda aqlli, ehtiyotkor va tadbirkor odam 
sifatida tasvirlangan. U pulni qanday topish va qanday ushlash kerakligini juda 
yaxshi biladi. Yo’lchi ro’zg’ordan siqilgan onasiga yuborish uchun pul 
so’raganida, Mirzakarimboy ancha vaqt davom etgan jimlikni buzib, deydi: 
“ – Xotin zotining aqli qisqaligi hammaga ma’lum narsa. Onangning ham 
aqli komil deb bo’lmaydi, jiyan. San yuborgan pulning mazasiga tushundimi – 
bo’ldi, haftada, oyda pul so’rayveradi. Yaxshi yegusi, yaxshi ichgusi keladi… 
Xullasi kalom, sabrni, qanoatni unutadi. Gapimga kirsang, odam bo’lmoqchi 
esang, onang zoriga quloq solma! ”. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin