O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Oybek qalamiga mansub qaysi tarjimalarni bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   187
138. Oybek qalamiga mansub qaysi tarjimalarni bilasiz? 
 
Oybekning adabiyotshunoslik va badiiy tarjima sohasidagi xizmatlari ham 
buyukdir. Oybek A. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani, “Antik 
adabiyot” xrestomatiyasining 2 jildi (Rim adabiyoti) va “Sosunli Dovud” eposi, 
M. Lermontovning ”Maskarad” dramasi,”Demon” poemasi, Genrix Geynening 
“Qullar kemasi” dostoni va boshqa ko’plab asarlarni o’zbek tiliga mahorat bilan 
tarjima qilgan. Shu bilan birga Oybek Pushkin she’rlaridagi poetik latofat va nafis 
musiqani, Navoiy va Fuzuliy lirikasidagi nazokat va jo’shqinlikni, A.Blok va
V. Bryusov she’rlariga xos ramziylikni she’riyatimizga olib kirdi. 
140. Oybekning avtobiografik asari qanday nomlangan? 
Oybekning avtobiografik asari “ Bolalik “ qissasi bo’lib, 1963-yilda esdalik 
janrida yozilgan. Qissaning bosh qahramoni yozuvchining o’zi- Musaboy. Asarda 


Musaboyning tarjimai holi xalq hayoti, davr hodisalari bilan uzviy bog’liq holda 
tasvirlangan. Bu qissada bolalar xarakteri va ruhiyatining ko’z ilg’amas darajada 
nozik bo’lgan murakkab tomonlari ham mohirlik bilan ochib berilgan. 
141. Oybekning urush mavzusida yozilgan birinchi romani qaysi? 
Oybekning “Quyosh qoraymas” asari ikkinchi jahon urushi mavzusida 
yozilgan birinchi o’zbek romanidir. Unda jangchilarimizning vatanparvarligi, 
qahramonligi, xalqlar o’rtasidagi do’stlik, partizanlar harakati tasvirlangan. 
Romanning g’oyaviy mazmuniuning sarlavhasida ham o’z ifodasini topgan. 
Yozuvchi romanni “Quyosh qoraymas” deb atash bilan quyosh abadiy 
qoraymagani singari adolat va haqqoniyat uchun jang qilayotgan xalqni yengish 
also mumkin emas, degan g’oyani obrazli ravishda ifodalagan. Romanning bosh 
qahramoni Bektemir bo’lib, o’zbek jangchilarining umumlashma obrazidir. 
 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin