O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Xolxo’ja va La’lixon sevgisi tasvirlangan dostoni qanday nomlangan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   187
 
131. Xolxo’ja va La’lixon sevgisi tasvirlangan dostoni qanday nomlangan? 
Xolxo’ja va La’lixon sevgisi tasvirlangan doston “O’ch “ dostoni bo’lib, 
asar 1932-yilda Oybek tomonidan yozilgan. Dostonda inson erki va sevgisining 
zolimlar oyog’i ostida toptalganligi ta’sirli ko’rsatilgan. 
132. Xolxo’ja va La’lixon sevgisiga g’ov bo’lgan shaxs kim? 
 
Hoshimboyvachcha ikki sevishganlarga – Xolxo’ja va La’lixonlarga g’ov 
bo’ladi. U Xolxo’jani yolg’on tuhmat bilan qamatadi. La’lixonni xotin qilib 
olmoqchi bo’ladi. La’lixon esa sevgisiga xiyonat qilmasdan, zahar ichib o’ladi. 
Asar oxirida Xolxo’ja qamoqdan qochib, o’z qishlog’iga keladi va qabih, turli 
qiyofaga kiruvchi Hoshimboyvachchani o’ldirib, undan o’chini oladi. 
133. Oybekning qaysi dostoni 4 marta nashr etilgan? 
Oybekning “Baxtigul va Sog’indiq” dostonida inson erki va sevgisining 
zolimlar oyog’i ostida toptalganligi ko’rsatilgan. Doston 4 marta nashr qilingan. 
Birinchi nashri (1934) bilan keying (1949, 1955, 1966-yillar) nashrlari o’rtasida 
g’oyaviy jihatdan ham, badiiy jihatdan ham jiddiy farqlar bor. Chunki shoir 
dostonni qayta-qayta ishlagan va har safar unga sayqal va jilo bergan. Unda hayot 
haqiqati real aks ettirilgan. Bu asar xalq og’zaki ijodida mavjud bo’lgan sujet 
asosida yozilgan. 
134. Oybek urush davrida qaysi opera librettosini yozdi? 
Oybekning harbiy lirikasi mazmun va badiiy mahorat jihatidan yuqori 
saviyada, nafis bo’lib, milliy she’riyatning jiddiy yutug’idir. Bu fikr urush davrida 
yozilgan “Mahmud Tarobiy “ dostoni(opera librettosi)ga ham taalluqlidir. Bu 
asarda xalqimizning XIII asrda mo’g’ul bosqinchilariga qarshi olib borgan 
mardonavor kurashi hikoya qilingan. Asar sujeti markazida qadimiy Buxoro 
yaqinida bo’lib o’tgan tarixiy voqea yotadi: Mahmud Tarobiy boshchiligida 
mo’g’ul istilochilariga qarshi ko’tarilgan xalq isyoni tasvirlanadi. Shular orqali 
Vatanni bosqinchilar asoratidan ozod qilish uchun hayot-mamot kurashiga 
otlangan xalq qahramonligi ulug’langan. Asarning bosh qahramoni – tarixiy shaxs 
Mahmud Tarobiy. U butun borlig’i bilan el-yurt baxt-saodati uchun kurashgan 
xalq qahramoni sifatida gavdalantirilgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin