O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Oybek Pokiston taassurotlari asosida qaysi asarlarini yaratdi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   187
 
135. Oybek Pokiston taassurotlari asosida qaysi asarlarini yaratdi? 


Oybek 1949-yilda bir qator ijodkorlar bilan Pokistonga boradi va Pokiston 
taraqqiyparvar yozuvchilari uyushmasining kongressida qatnashadi. Oybek chet 
eldan qaytib kelgach, “Zafar va Zahro” , “Haqgo’ylar “ dostonlar,”Nur qidirib” 
qissasi, “Pokiston poytaxti”, ”Orzu”,”Pokiston ayoliga”, “Muhojirlar lageri” 
she’rlarini yaratadi. Bu asarlarda Pokiston xalqining 40-yillardagi ijtimoiy hayoti, 
turmush sharoiti, urf-odatlari, ozodlik va tinchlik yo’lidagi kurashlarini yozgan. 
Pokiston istiqboliga ishonch tuyg’usi Oybekning “Zafar va Zahro”, 
“Haqgo’ylar” dostonlari va nasriy asarlarida yanada keng va aniq aks etgan. 
136. Oybekning atom urushi oqibatlariga atab yozgan dostoni qanday 
nomlanadi? 
Oybekning “Davrim jarohati” dostoni atom urushining oldini olish 
muammolariga bag’ishlangan bo’lib, unda insoniyatga mehr-muhabbat tuyg’usi 
tinch hayotni ulug’lash dahshatli atom urushini keskin qoralash bilan chambarchas
bog’liq holda yorqin ifodalangan. Dostonda 1945-yilda Yaponiyadagi Xirosima va 
Nagasaki shaharlariga atom bombasining tashlanishi va uning fojiali oqibatlari 
zo’r hayajon va iztirob bilan tasvirlangan. Shoir bu shaharlarga atom bombasining 
tashlanganligini, atom bombasi bilan qurollanishning kuchayganini davrimiz 
uchun katta ayb, davrimizning sog’lom tanasidagi og’ir jarohat deb ataydi. Oybek 
dostonda insoniyatning baxti - mening shaxsiy baxtim, insoniyatning jarohati – 
mening yuragimdagi jarohatdir, degan g’oyani ilgari surgan. 
 
137. Adabiyotda yaratilgan eng so’nggi jadid obrazi kim va u qaysi asarda 
berilgan? 
Oybekning “Qutlug’ qon” romani sujet va kompozitsiya jihatdan tahsinga 
loyiq asar hisoblanadi. Unda asar g’oyasini va obrazlar xarakterini ochishga 
xizmat qilmaydigan tasvirlar, ortiqcha voqea va epizodlar yo’q. Aytish kerakki, 
asarda o’sha davr taqozosiga ko’ra, sotsialistik realizm talabiga binoan rus-
inqilobchi Petrov obrazi sun’iy ravishda kiritilgan. Shu bilan birga adabiyotda 
yaratilgan eng so’nggi jadid obrazi – Abdishukur ham “Qutlug’ qon” romanida 
berilgan. Bu obraz ham bir tomonlama tasvirlangan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin