O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Oybekshunos olimlardan kimlarni bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187
125. Oybekshunos olimlardan kimlarni bilasiz? 
Oybek ijodini o’rganish shoir hayotlik chog’idayoq boshlangan. O’zbek va 
rus adabiyotshunoslari hamda yozuvchilari qalamiga mansub o’nlab maqolalardan 
tashqari, adib ijodiga bag’ishlangan ko’plab kitob va risolalar ham mavjud. Homil 
Yoqubovning (“Oybek” (1959),”G’oyaviylik va mahorat” (1963), Matyoqub 
Qo’shjonovning “Oybek mahorati” (ikkinchi, to’ldirilgan nashri, 1965), Naim 
Karimovning “Oybek” (1985), “Oybek gulshanida qolgan g’unchalar” (1985) 
singari kitob va risolalarida yozuvchi hayoti va ijodi bilan bog’liq ko’plab 
ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Ozod Sharafiddinov, Salohiddin Mamajonov, 
Umarali Normatov, Abdug’afur Rasulov, Baxtiyor Nazarov, Norboy 
Xudoyberganov, No’mon Rahimjonov, Yo’ldoshxo’ja Solijonov, Dilmurod 
36
Ғ. Ғулом. Taнланган асарлар. Ўн томлик. T.: Aдaбиёт ва санъат нашриёти, 1973. 2-тoм. 126-бeт. 
37
Keрбoбoeв Бeрди. Aлaнгaли нур/ - “Шарқ юлдузи” журнали, 1969, 9-сoн, 15-бeт. 


Quronov, Bahodir Karimov, Akbarali Sabirdinov, Ulug’bek Hamdamov kabi 
taniqli olimlarning ham bir qator ilmiy tadqiqotlari bor. 
126. Oybek qachon va qanday oilada tug’ilgan?
Oybek 1905-yil 10-yanvarda Toshkentning Gavkush mahallasida 
hunarmand-bo’zchi Toshmuhammad aka oilasida tug’ilgan. Oybek adabiy taxallus 
bo’lib, yozuvchining asl ismi Musodir. Bolaligi haqida bo’lajak yozuvchi: “Otam 
yoshligida bo’zchi, keyin Xumson va Yangibozor qishloqlarida baqqolchilik bilan 
shug’ullangan. O’qimagan, jahli tez, tajang biro dam edi. Onam jismoniy kuchsiz, 
lrekin aqlli, ziyrak, rahmdil va har ishga epchil xotin edi. Do’ppi, jiyak va qo’l 
ishlari bilan ko’p mashg’ul bo’lardi. Ishdan bo’shagach, ko’p vaqt kitob o’qirdi”
38

- deb yozgan edi. 
 
127. ”O’zbek tili va adabiyoti “ jurnaliga kim asos solgan?
”O’zbek tili va adabiyoti “ jurnaliga Oybek 1958-yilda asos solgan va 
umrining oxirigacha, ya’ni 1968-yilgacha bosh muharrir bo’lgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin