O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Oybekning matbuotda e’lon qilingan ilk she’ri qaysi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   187
128. Oybekning matbuotda e’lon qilingan ilk she’ri qaysi? 
 
Yosh shoir Oybekning matbuotda e’lon qilingan birinchi she’ri 1922-yilda 
yozilgan “Cholg’u tovushi” bo’lib, u “Armug’on” to’plamida e’lon qilingan. Bu 
vaqtda Oybek Navoiy nomidagi ta’lim va tarbiya texnikumida o’qiyotgan bo’ladi. 
Yosh shoirning bu va shu davrda yozgan ko’plab mashqlarini hali she’r deb atash 
qiyin edi. Shunday bo’lsa-da, ularda diqqatga sazovor bir nuqta bor. Bu – uning 
qushlarga, tabiat yaratgan boshqa jonivorlarga rahm va shafqat bilan munosabatda 
bo’lishi, yosh do’stlarini hatto qo’ng’izlarga ham ozor bermaslikka chaqirishidir. 
129. Oybekning serqirra ijod sohibi ekani nimalarda ko’rinadi? 
 
Oybek – chin ma’noda serqirra iste’dod sohibi. Alloma so’z san’ati va 
adabiyotshunoslik ilmining barcha tur va janrlarida chuqur iz qoldirgan atoqli va 
ardoqli yozuvchidir.
Hamid Olimjon Oybek to’g’risida so’zlab, “u prozada shoir-u, poeziyada 
prozaikdir”, deb aytgan edi. Mashhur ijodkorning qalamkash do’sti haqidagi bu 
so’z larida jon bor: Oybek nasrga she’riyatning muattar nafasini olib kirdi va 
she’riyatni faqat nasrga xos bo’lgan tafsillar marjoni bilan boyitdi. Uning nasriy 
asarlaridagidek shoirona til boshqa biror yozuvchida uchramaganidek, she’riy 
asarlaridagi tasvir mukammalligi ham faqat uning o’ziga xos fazilatdir. 
130. O’zbek she’riyati rivojida Oybekning o’rni nimalardan iborat? 
Oybek she’riy ijodi bilan o’zbek she’riyatining ijodiy ufqini kengaytirib, 
tasvir imkoniyatlarini g’oyat boyitdi. O’zbek she’tiyatida realizm Oybekning she’r 
va dostonlari tufayli yanada teranlashdi. Oybek Pushkin she’rlaridagi poetik latofat 
va nafis musiqani, A. Blok va V. Bryusov she’rlariga xos ramziylikni, Alisher 
Navoiy va Muhammad Fuzuliy lirikasidagi nazokat va jo’shqinlikni hozirgi o’zbek
38
Шaрaфиддинoв O. Шapипoв Ж. Aдaбиёт дарслиги. – T.: Ўздaвнашр, 1936, 46-бeт. 


she’riyatiga olib kirdi. Shu fazilatlar o’zaro uyushgan holda Oybek she’rlarining
o’ziga xosligini ochuvchi poetik belgilar darajasiga ko’tarildi. Bu fikrlarimizni 
1934-yilda yozilgan “O’zbekiston” she’ridan olingan misralar ham isbotlaydi: 
 
 
Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi, 
 
 
Bir o’lkaki, qishlarida shivirlar bahor. 
 
 
Bir o’lkaki, sal ko’rmasa, quyosh sog’inar… 
 
 
Bir o’lkaki, g’ayratidan asabi chaqnar. 
 
 
Baxt toshini chaqib bunda kuch guvillaydi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin