108. Mulla Dilkash obrazi qaysi hikoyada tasvirlangan ? G’afur G’ulom o’tmish mavzusidagi hikoyalarida turmushdagi illatlarni
satira ostiga olib, ular ustidan achchiq kuladi. “Hiylai shar’iy” hikoyasi shu fikri-
mizni asoslaydi. Uning asosiy qahramoni Mulla Dilkash bo’lib, salbiy qiyofasi
chizilgan. Asar g’oyasi obrazlarning harakatidan, hikoyaning umumiy ruhidan
kelib chiqadi. Hikoya sujet va kompozitsiya jihatdan ham pishiq. Yozuvchi asar
g’oyasini ochishda, obraz yaratishda satirik bo’yoqlardan ustalik bilan
foydalangan.
109. G’afur G’ulomning “Yodgor” qissasi qachon va qanday mavzuda yozilgan? “Yodgor” qissasi 1936-yilda yozilgan. Qissada odamlardagi yangicha
qarashlarning shakllanish jarayoni tasvirlangan. Yangi turmush tufayli kishilarimiz
ongi va ruhiyatida yuz bergan o’zgarishlar, yangi insonning o’sib yetilishi Jo’ra,
Saodat va Mehri hayoti bilan bog’liq sarguzashtli voqea tasvirida ochib berilgan.
Qissaning asosiy qahramoni Jo’ra – tadrijiy o’sishda ko’rsatilgan hayotiy
obraz. Asar boshida Jo’ra dunyoqarashi, bilim doirasi tor va soda bir yigit sifatida
namoyon bo’ladi. U voqealar davomida o’sadi, o’zgaradi. Hayotda, odamlar
orasidagi munosabatlar tarziga jiddiy nazar tashlaydigan bo’ladi.
110. G’afur G’ulomning qaysi asari yumoristik ohangda bo’lib, voqeani bosh qahramonning o’zi hikoya qiladi? G’afur G’ulomning “ Yodgor “ qissasi yumoristik ohangda bo’lib, voqeani
bosh qahramonning o’zi hikoya qiladi. Asarda “Ming bir kecha”ga o’xshagan
ertaklarga xos bayon va qoliplash (hikoya ichida hikoya qilish) yo’lidan
foydalaniladi. Adib o’sha paytdayoq muhabbat erki masalasiuni ko’tarib chiqib,
o’tmish sarqiti inson boshiga og’ir kulfatlar olib kelishi mumkinligini ko’rsatib
beradi. Hazil-mutoyiba va ertaknamo yo’sinda yozilgan bu asar zamirida g’amgin
hikoya, fojiali taqdir bor. G’afur G’ulom jahon adabiyotida hozirgi vaqtlarda keng
qo’llanilayotgan tasvir usulini o’sha vaqtdayoq ishga solganini guvohi bo’lamiz.