deb yozadi.
114. G’afur G’ulomning qanday qissalarini bilasiz?
G’afur G’ulom o’z ijodini she’r yozishdan boshlagan, keyinchalik ko’plab
hiloyalar, feletonlar, ocherklar ham yozdi. Yozuvchi o’zbek adabiyotini “Netay”
(1930), “Tirilgan murda”(1934), “Shum bola”(1936-1963), ”Yodgor” (1936)
singari qissalar bilan boyitdi, o’zbek adabiyotida qissa janrining qaror topishi va
rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
115. G’afur G’ulomning “Vaqt” she’ri nima munosabat bilan yozilgan?
G’afur G’ulom 1945-yilda yozgan “Vaqt“ she’riga “
Menga soat taqdim
etgan jiyanim Hamidulla Husan o’g’liga bag’ishlangan” deb yozib qo’ygan. Shoir
she’rda mehnat va vaqt haqida poetik fikr yuritib, teran mazmunli falsafiy
umumlashma yaratadi. Vaqtni e’zozlab, uning har bir daqiqasidan unumli
foydalanish, samarali mehnat qilib “
umr daftarini bezash” haqida bong uradi:
Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so’raydi qadrin.
Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin.
.
G’afur G’ulom faylasuf shoir sifatida jamiyat va insoniyat tarixi, taqdiri va
kelajagi mavzusiga qayta-qayta murojaat etadi. Har safar favqulodda topqirlik
bilan hayot haqiqatiga mos bo’lgan badiiy-falsafiy umumlashmalar chiqaradi.
Shoirning she’rda qilgan bashorati, ezgu tilaklari aynan mustaqillik yillarida
ro’yobga chiqdi:
Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g’animatdir, umruzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
Dostları ilə paylaş: