O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ”Dinamo”,”Tirik qo’shiqlar” to’plamlari kimniki ?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   187
 116. ”Dinamo”,”Tirik qo’shiqlar” to’plamlari kimniki ? 
 
Bu to’plamlar G’afur G’ulom tomonidan yozilgan. Ilk she’riy to’plami 
“Dinamo”1931-yilda, “Tirik qo’shiqlar” to’plami esa 1932-yilda e’lon qilingan. 
Bu to’plamlardan joy olgan she’rlar shoirning dastlabki mashqlaridir. Shunday 
bo’lishiga qaramay, ularda shoirning ko’tarinki uslubi, uning ranglarga bo’lgan 
munosabatida aks etgan, ijodkor tabiatdagi “haft rang”ni sevadi va unda Vatanimiz 
jamolining tovlanishini ko’radi. Vatan rangi oldida hatto “quyosh ham qoyil bo’lib 
yetkazolmay qoldi rang”, deydi shoir. U kumush va qizil rangni nihoyatda sevadi 
(alvon, gulgun, lola, shafaq, quyosh, kumush, oppoq, tong…). Bularda baxt va 
musaffolikni, tinchlikni ko’radi.
117. G’afur G’ulom qaysi asarlarida oila va axloq muammolarini qalamga 
olgan? 


 
G’afur G’ulomning “Elatiyada bir ov ”, “Hiylayi shar’iy”, “Yodgor” kabi 
qator hikoya va qissalarida oila va axloq muammolari badiiy talqin etilgan. 
Masalan, “Hiylayi shar’iy” hajviy hikoyasidagi Mulla Dilkash obrazi orqali adib 
bir necha xotini bo’lishiga qaramay, yana yangisini olishni ko’ngli tusab qolgan, 
biroq bunga shariat yo’l qo’ymagani tufayli “yo’lini” qidirishga majbur bo’lib, 
axloqiy va ma’naviy tubanliklargacha borib yetgan olchoq va beor kishi qiyofasini 
gavdalantirdi. 
118. Urush yillari farzandlarini frontga jo’natgan millionlab otalarning 
mehri va sog’inchi badiiy tarannum etilgan G’afur G’ulomning she’ri 
qanday nomlangan? 
G’afur G’ulomning insonparvarlik g’oyasi nihoyatda tiniq va yorqin 
ifodalangan she’ri “Sog’inish“ bo’lib, 1942-yil, 15-mayda yozilgan. Bu she’rda 
jonajon O’zbekistonda o’z farzandlarini frontga jo’natib, g’alaba bilan qaytishini 
intiqlik bilan kutayotgan ota-onalar, sevikli mahbubalar, jami jigargo’shalar 
qiyofasi – olisdagi farzandlarga nisbatan sog’inchlari alangalanib turgan 
umumlashma xalq obrazi yaratilgan. “Sog’inish” she’ri zamirida olijanob g’oya – 
insonparvarlik g’oyasi yotadi: 
Zo’r karvon yo’lida yetim bo’tadek, 
 
 
 
Intizor ko’zlarda halqa-halqa yosh. 
 
 
 
Eng kichik zarradan Yupitergacha 
 
 
 
O’zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh. 
 
She’rning bosh lirik qahramoni bir jihatdan shoirning o’zi. Ikkinchi 
qahramon esa, shoirning sog’ingan dilbandi, frontda jang qilayotgan o’g’lidir. 
“Sog’inish” badiiy umumlashma darajasiga ko’tarilgan, faqat bir shoirninggina 
emas, farzandlarini frontga jo’natgan millionlab otalarning mehri-sog’inchi badiiy 
tarannum etilgan she’rdir. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin